23:10 / 26.06.2021
2 979

Foydali hisoblangan 9 mahsulotning nojo‘ya ta’sirlari


Foto: «Domashniy ochag»
Salomatlik va a’zolar faoliyati uchun foydali ekani bilan o‘ziga xos bo‘lgan mahsulotlarning qanday nojo‘ya ta’siri borligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Keyl karami
Qovurilgan, dimlangan va tuzlangan holda ham foydali hisoblangan karam vitaminlar va kletchatkalarning koni hisoblanadi. U ichaklar peristaltikasini jadallashtiradi. Sog‘lom va hech qanday muammongiz bo‘lmagan taqdirda ham, uni yeb. hojatxonaga odatdagidan ko‘proq qatnashingizga to‘g‘ri keladi.

Loviya va yasmiq
Tarkibida mineral va kletchatkalar bisyor ekani bilan ahamiyatli hisoblangan dukkakli mahsulotlar gaz yig‘ilishi hamda meteorizmni keltirib chiqaradi. Ulardan butkul voz kechish shart emas, shunchaki kun davomida 100 grammdan ortiq iste’mol qilmaslikning o‘zi kifoya.

Sabzi
Sabzini haddan ortiq iste’mol qilganda teri rangining sarg‘ayishi kuzatilishi mumkin. Bu salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammodan darak bermasa ham, ratsiondagi ushbu mahsulotni qisqartirish tavsiya qilinadi.

Sarimsoq piyoz
Yurak-qon tomir kasalliklari va shamollashning oldini olishiga qaramay, sarimsoq piyozning hidi juda ham o‘tkir bo‘ladi. Unga termik ishlov berilsa, hidi sezilarli darajada kamayadi. Aynan shu sabab ham uni taomlarga qo‘shib pishirish tavsiya qilinadi.

Kedr yong‘og‘i
Mazkur yong‘oqlarni iste’mol qilgandan keyin og‘izda bir necha soatdan haftagacha davom etishi mumkin bo‘lgan metallnikiga o‘xshash ta’m qolishi mumkin. Tadqiqotchilar mazkur ta’mni organizmning individual sezuvchanligi bilan bog‘laydi. Sizda ham shu holat yuz beradigan bo‘lsa, boshqa yong‘oq mahsulotlarini iste’mol qilish maslahat beriladi.

Qizil vino
Qizil vino tarkibidagi resveratrol surunkali va yosh bilan bog‘liq kasalliklardan himoya qilishiga qaramay, ushbu mahsulotni haddan ortiq iste’mol qilish organizmning suvsizlanishi bilan birga vazn to‘plashga olib keladi. Qolaversa, uyqu siklining buzilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shokolad
Antioksidantlarning koni hisoblangan shokolad yurak mushaklarini mustahkamlab, kayfiyat ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi. Ammo unda jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaradigan moddalar bor ekani sabab ham bunga moyilligi bor odamlar shokoladdan tiyilishi va me’yorni bilishi kerak.

Sarsabil
Sarsabil tarkibida peshobning odatdagidek bo‘lmasligiga sabab bo‘ladigan foli kislotasi bisyor bo‘ladi. Shu sabab ham uning iste’molidan keyin suv ichishni kanda qilmaslik kerak.

Lavlagi
Lavlagi organizmdagi temir moddasining kamayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar sizda charchoq va uyqusizlik simptomlari kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishni unutmang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Foydali hisoblangan 9 mahsulotning nojo‘ya ta’sirlari