Foto: «Doctoram.net»
O‘limga olib keluvchi shunday xavfli kasalliklar borki, erta bosqichlarida rivojlanishini payqamay qolish hech gap emas. Chunki ular boshida alomatsiz kechadi. Rossiyalik shifokor-terapevt Galina Rodchenkova bu haqda ogohlantirdi.
Birinchi navbatda, bunday kasalliklarga arterial gipertenziya kiradi: u aholi orasida juda keng tarqalgan. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kasallik kelib chiqishining asl sababi hali aniqlanmagan. Xavf omillariga semirish, kamharakat turmush tarzi, tuzni ko‘p iste’mol qilish va irsiyat kiradi. Bunday hollarda odam qon bosimini diqqat bilan nazorat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, Rodchenkovaning so‘zlariga ko‘ra, gepatit V va C viruslarini yuqtirish ham sezdirmasdan o‘tadi.
«Kasallik ko‘pincha jiddiy shikastlanish boshlangunga qadar alomatsiz kechadi. Yaxshiyamki, emlash orqali gepatit V ning muvaffaqiyatli oldini olish mumkin. Ammo gepatit C ga qarshi vaksina hali ixtiro qilinmagan», — dedi mutaxassis.
Shifokor, shuningdek osteoporozni xavfli kasallik deb atadi. U suyaklar zichligining pasayishi, mo‘rtlashishi ortishi bilan tavsiflanadi. Natijada yengil jarohatlar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xavf guruhiga chekuvchilar, 65 yoshdan oshganlar va tana vazni past bo‘lgan bemorlar kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi