00:26 / 03.07.2021
2 950

Sochlar o‘smasligining 5 sababi


Foto: «Domashniy ochag»
Amerikalik mashhur trixolog Geri Rotfeldning sochlar o‘sishi uchun nimalarga e’tibor qaratish haqidagi tavsiyalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Temir moddasi yetishmasligi
Anemiya yoki temir moddasining yetishmasligi sochlar o‘sishining sekinlashishining birinchi va eng ko‘p tarqalgan sababi hisoblanadi. Agar gemoglobin me’yoridan past bo‘lsa, ratsionga yashil sabzavotlar, go‘sht, dukkakli va dengiz mahsulotlarini kiritish kerak. Taomnomaga o‘zgartirish kiritilganidan bir necha hafta o‘tib o‘zgarish sezilmasa, tarkibida temir moddasi bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish lozim.

Tiniqib uxlamaslik
Tunda va asosan, uyqu payti organizmdan ajraladigan uyqu gormoni melatonin sochlar o‘sishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 8 soat uxlaganda muammo bo‘lmasligi mumkin, ammo 6 soat kamlik qilishi aniq. Ammo boshqa iloji bo‘lmasa, melatoninning 0,0033 foizli konsentratsiyasini uyqudan avval bosh terisiga surtish tavsiya qilinadi. Ayrim klinik tadqiqotlarda, bu yaxshi samara berishi aniqlangan.

Soch uchlarini tez-tez kesib turish
Sochlarning uchini bir oyda bir marta kesib turish kerak degan tushuncha allaqachon eskirgan. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, sochlar oyiga o‘rtacha 1-1,5 sm o‘sadi, kaltalatilganda esa stilist sochni 1-1,5 santimetrga kesib tashlaydi. Bo‘yash va termo-turmaklardan muntazam ravishda foydalanilmasa, sochlarni 2-3 oyda kesish kifoya.

Antibiotik qabul qilish
Antibiotiklarning ichaklar mikroflorasiga zarar yetkazishi sochlarning o‘sishiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Antibiotiklar organizmni tabiiy himoyasiga zarar yetkazishi oqibatida organizmga toksinlar kira boshlaydi va qon orqali soch follikulalariga yetib borib, ularga salbiy ta’sir qiladi. Xavotirli eshitilgani bilan buni davolash unchalik qiyin bo‘lmaydi. Probiotiklar yoki tabiiy yo‘llar bilan mikroflora tiklanganidan keyin vaziyat yaxshilanadi. Odatda bunga 1 oyga yaqin vaqt ketadi.

Irsiyat
Sochlarning maksimal uzunligi irsiyatga ham bog‘liq. Aksariyat ayollarda ushbu ko‘rsatkich 40 dan 70 santimetrgacha o‘zgarib turadi. Sochlar yelkagacha o‘sib uyog‘iga uzunlashmasligi ham irsiyat nuqtai nazaridan tabiiy bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, sochlari yelkasidan biroz tushib turadigan, ya’ni 30-40 sm uzunlikdagi soch egalari eng maftunkor sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlar o‘smasligining 5 sababi