Foto: Harper’s Bazaar
Yiliga bir milliondan ortiq inson yurak kasalligi sabab vafot etishi kishini xavotirga soladi. Shuni inobatga olgan holda salomatlik haqida qayg‘urish, kardiologga borish, toza havoda vaqt o‘tkazish, tongda mashq bajarish va ovqatlanishga e’tibor berish kerak. Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan, uzoq umr ko‘rishga hissa qo‘shadigan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Suli va arpa yormasi
Tarkibida beta-glyukan polisaxaridi bo‘lgan mazkur mahsulotlar, ayniqsa xolesterini ko‘p insonlar uchun foydali hisoblanadi.
Losos
Omega-3 yog‘ kislotasi bisyor bo‘lgan yog‘li baliq, yurak xurujini oldini oladi, ritm me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, qon quyilishi ehtimolini kamaytirib, yallig‘lanish jarayonlarini oldini oladi.
Ko‘katlar
Ismaloq, keyl karami, salat bargi va boshqa ko‘katlar A, C, E, K vitaminlari hamda antioksidantlarning koni. Aynan shu sabab ham ushbu mahsulotlarning iste’moli organizm va qon-tomirlardan toksinlarni chiqaradi, xolesterinni kamaytiradi.
Yong‘oq va urug‘lar
Kaliy, magniy va boshqa minerallarga boy mazkur mahsulotlar qon bosimini pasaytirib, yurak-qon tomir tizimini me’yorlashtiradi.
Avokado
Yog‘ kislotalarining koni hisoblangan avokado insulinni nazorat qiladi va qondagi xolesterin miqdorini me’yorlashtiradi.
Zaytun yog‘i
Zaytun yog‘ini iste’mol qilish arterial qon bosimi triglitseridlar miqdorini pasaytirib, xolesterinni kamaytiradi.
Dukkakli mahsulotlar
Yasmiq, no‘xat va boshqa dukkakli mahsulotlar temir, B guruhi vitaminlari, magniy, rux moddasi va fosforning koni. Aynan shu sabab ham iste’molidan keyin triglitserid va xolesterin miqdori, shuningdek, qondagi qand miqdori me’yorlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi