Foto: Getty Images
Ertalab mukammal ko‘rinishni har kim ham uddalay olmaydi: ko‘z ostidagi halqalar va yuzdagi shish kun bo‘yi kayfiyatni buzishi mumkin. Ba’zan bu do‘stlar bazmining oqibati, ba’zida to‘yib ovqatlanmaslik, ba’zan esa faqat tananing o‘ziga xos xususiyati sabab yuzaga keladi. Ammo samarali usullar yordamida ulardan juda oson va eng muhimi, tezda xalos bo‘lish mumkin.
Qahva
Ko‘z ostidagi halqalardan xalos bo‘lishda kofein yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qaynatilgan qahva qoldig‘ini ko‘z ostidagi yuz terisiga qo‘ying. 20 daqiqaga qoldiring, keyin iliq suvda yuvib tashlang. Tabiiy skrab effektiga erishish uchun terini yumshoq massaj qiling, namlantiruvchi krem surtishni unutmang.
Choy paketlari
Ham qora, ham yashil choy tarkibida ham kofein borligi sir emas. Bu bizga nafaqat ichki, balki tashqi tomondan ham ta’sir qiladi. Ikkita choy paketini qaynatib, so‘ng muzlatkichda sovuting. 20 daqiqa davomida ko‘z ostingizga qo‘ying, shunda kofein ko‘z ostidagi halqalarda to‘planib qolgan ortiqcha suyuqlikdan osonlikcha xalos qiladi.
Patchlar
Albatta, ko‘zlaringiz ostidagi halqalardan xalos bo‘lishning eng oson usullaridan biri bu patchlardan foydalanishdir. Ammo ular yanada samarali bo‘lishi uchun ularni muzlatkichda saqlashingizni maslahat beramiz. Bunda ular bir vaqtning o‘zida ham sovuq kompress bo‘ladi, samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Foto: Getty Images
Yuz massaji
Shishlardan xalos bo‘lishda yuz massaji ham yordam beradi. Agar mutaxassisga murojaat qilishning imkoni bo‘lmasa, buni o‘zingiz qilishga harakat qiling. Buning uchun maxsus massaj roligi bo‘lishi shart emas. Qo‘l massaji teriga yaxshi ta’sir qiladi. Internetda siz yuz massaji bo‘yicha ko‘plab kurslarni, shuningdek, qanday qilishni o‘rgatadigan videolarni topishingiz mumkin. Massajni boshlashdan oldin teringizga namlovchi krem yoki maxsus yog‘ surtishni unutmang.
Oyoq uchida sakrash
Bu g‘alati tuyulishi mumkin, ammo muntazam sakrash ham shish paydo bo‘lishiga qarshi kurashadi. Uyg‘onganingizdan so‘ng ertalabki 1 stakan suv ichishdan oldin, joyingizda 100 marta sakrang. Balandlikka sakrashning hojati yo‘q — shunchaki yengil harakat qiling. Bunday mashq limfa oqimini kuchaytiradi, bu esa ko‘z ostidagi shish va halqalardan xalos bo‘lishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi