00:40 / 06.08.2021
4 239

Pomidorning ajabtovur foydali xususiyatlari


Sabzavotlar orasida sevimli bo‘lgan pomidor to‘yimli bo‘lishi bilan birga bir qancha foydali xususiyatlarga ham ega. Bu haqda doktorlik kengashi tomonidan tasdiqlangan ovqatlanish mutaxassisi, 15 ta kitobning muallifi Jonni Bouden tomonidan berilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Yurak salomatligini yaxshilaydi
Pomidor tarkibidagi ozuqaviy moddalar haqida gap ketganda «Likopen  – bu pomidorga qizil rang beradigan birinchi raqamli tabiiy antioksidant»,  – deydi Bouden. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, likopen yurak-qon tomir tizimiga turli yo‘llar bilan ta’sir qiladi. Boshqa narsalar qatorida, u qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi, aterosklerozning oldini oladi, xolesterin va yog‘lar darajasini pasaytiradi.

Saraton xavfini kamaytiradi
Tadqiqotchilar shuni aniqladiki, haftada ikki yoki undan ko‘proq pitssa iste’mol qilgan erkaklarda prostata saratoni xavfi 23 foizga past bo‘ladi. Olimlarning fikricha, bu ta’sirga pomidor tarkibidagi likopen sabab bo‘lgan. O‘shandan beri pomidorni iste’mol qilish bilan tuxumdon, oshqozon, oshqozon osti bezi va prostata saratoni xavfi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatadigan boshqa tadqiqotlar paydo bo‘ldi.

Vitamin yetishmasligining oldini oladi
«Pomidor C vitamini va kaliyning ajoyib manbayidir, unga organizm ko‘proq muhtoj,  – deydi Bouden. Qiziqarli fakt: tomat pyuresining gramm grammigacha kaliyni o‘z ichiga oladi, tomat pastasida esa kaliy pyuredan ikki baravar ko‘p!

Qandli diabet ta’sirini kamaytiradi
Qandli diabetga chalinganlarga ratsionga pomidorni kiritish tavsiya etiladi. Biroq tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pomidor stress, yallig‘lanish, ateroskleroz va diabetga olib keladigan to‘qimalarning shikastlanishini kamaytiradi. Tushlikda pomidor iste’mol qilish, ehtimol, qondagi qand miqdorini darhol kamaytirmaydi, lekin uzoq muddatli himoya xususiyatlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Quvvatga ta’sir ko‘rsatadi
Ko‘pchilik mahsulotlar singari pomidor ham kletchatkaning eng yaxshi manbayidir. Bitta pomidor tarkibida 1,5 gramm kletchatka ovqat hazm qilish tizimining ishlashiga yordam beradi. Shuning uchun muntazam ravishda ichak harakati yuzaga keladi. Shuningdek, boshqa uglevodlardan farqli o‘laroq vazn yo‘qotishga olib keladi.

Terini himoya qiladi
Pomidor iste’mol qilish terining ultrabinafsha nuriga ta’sirini kamaytiradi va quyosh urishi xavfini kamaytiradi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu pomidorda karotenoidlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Albatta, bu pomidor iste’mol qilgandan so‘ng quyoshdan himoyalovchi kremlardan voz kechish mumkin, degani emas. Quyoshda bo‘lganda SPF 30 yoki quyoshdan saqlovchi kremni qo‘llash bilan birga bonus sifatida pomidorning qo‘shimcha himoya xususiyatlaridan foydalanish mumkin.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Ko‘proq likopinga boy ovqatlar iste’mol qilish uchun boshqa sabab kerak bo‘lsa, uning iste’moli yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasi va ehtimol katarakta xavfining pastligi bilan bog‘liq. Pomidorni tuxum hamda salat bargi bilan iste’mol qilish lyutein va zeaksantin  – ko‘zlar uchun foydali karotinoid mavjud. Natijada pomidor iste’moli tufayli ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Pomidorning ajabtovur foydali xususiyatlari