21:00 / 23.08.2021
2 775

Qonda shakar miqdorining oshishiga sabab bo‘luvchi 6 ta odat

Qonda shakar miqdorining oshishiga sabab bo‘luvchi 6 ta odat
Foto: «Domashniy ochag»
Qandli diabet yoki diabetdan oldingi holat bo‘lmasa ham, qondagi qand miqdorini oshiradigan kundalik odatlar haqida bilish juda muhimdir.

Nonushtadan voz kechish
Ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar, ayniqsa, nonushta qilishi juda muhim, aks holda tushlikdan keyin qondagi qand miqdori ko‘proq ko‘tariladi. Amerika jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, nonushta qilishdan muntazam voz kechish diabet rivojlanish xavfini 21 foizga oshiradi. Nonushta, ayniqsa, oqsil va to‘yinmagan yog‘larga boy hamda kun bo‘yi shakar miqdorini barqarorlashtirishga yordam beradi. Shuning uchun har kuni nonushta qilish juda muhim!

Sun’iy ta’m beruvchi qo‘shimchali taomlarni iste’mol qilish
Agar bemor shakar o‘rniga sun’iy ta’m beruvchi qo‘shimchali taomlarni tanovul qilmaslik kerak. Isroilda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sun’iy shakar qondagi qand miqdorini oshiradi. Bundan tashqari, glyukoza darajasi odatdagidek shirin bo‘lgan ichimlik yoki ovqatlarni iste’mol qilganidan ham ushbu kasallik ko‘pchilikda uchramaydi.

Ko‘p qahva ichish
Uzoq vaqt davomida muntazam qahva iste’mol qilish 2-toifa diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi. Ammo izlanuvchilar qondagi qand miqdori bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlar uchun qahvadan voz kechish yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Chunki kofein qondagi qand miqdorini ko‘taradigan moddalardan biriga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, qaymoq yoki shakarsiz qora qahva ham glyukoza darajasini oshiradi. Bu ichimlikni moychechakli choyga almashtirish yaxshidir.

Tez -tez kasal bo‘lish
Albatta, buni odat deb atash qiyin, lekin buni bilish juda muhim: SARS, gripp yoki shunchaki siydik yo‘llari infeksiyasi qondagi qand miqdorini oshiradigan sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli qonda shakar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, bemor maxsus parhezga rioya qilish muhim hisoblanadi. Bunday vaqtda ko‘proq sabzavot iste’mol qilish va iloji boricha suyuqlik ichish lozim.

Yetarlicha uxlamaslik
Agar shifokor qondagi qand miqdorining balandligidan xavotirda bo‘lsa, uning retseptiga yana bir narsani qo‘shish mumkin – iloji boricha ko‘proq uxlash. Gollandiyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har kecha keragidan kamroq uxlash tananing insulin qarshiligi 20 foizga oshadi. Uyqusizlik jiddiy stressdir va muntazam stress diabet rivojlanish xavfini oshiruvchi omil bo‘lishi mumkin.

Chekish
Chekish – bu tananing barcha tizimlariga zarar yetkazishi mumkin. Qandli diabetga chalingan bemorlar ham bundan mustasno emas. 2011 yilda Kaliforniya politexnika universitetida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qondagi nikotin va shakar miqdori o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor. Bundan tashqari, chekish diabetning o‘ziga xos asoratlari – masalan, yurak xuruji yoki buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavfini oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Qonda shakar miqdorining oshishiga sabab bo‘luvchi 6 ta odat
[/banner_pushhouse