16:23 / 01.09.2021
2 181

Vazn tashlayotganda nimalar bilan tamaddi qilsa bo‘ladi?

Vazn tashlayotganda nimalar bilan tamaddi qilsa bo‘ladi?
Foto: «Domashniy ochag»
Tezroq ozish uchun och qolmaslik, aksincha kun davomida 5-6 marta ovqatlanish muhim sanaladi.

Qovurilgan no‘xat
Ba’zida sho‘r, ba’zida esa shirin biron yegulikni yaxshi ko‘radiganlar qovurilgan no‘xatni yaxshi ko‘rishi aniq. Uni bodom yoki o‘ramdagi boshqa yong‘oqning o‘rniga iste’mol qilishi mumkin. Ushbu mahsulotda yo‘g‘lar yong‘oqdan kamroq, ammo kletchatka ko‘proq bo‘ladi. Agar kun davomida no‘xat 1 stakandan kamroq tanovul qilinsa, vazn yo‘qotish mumkin bo‘ladi. Qaynatilgan yoki konservalangan no‘xat pechda ziravorlar qo‘shib tayyorlanadi. Unga kukun ko‘rinishidagi piyozli ziravor, qizil maydalangan qalampir va murch qo‘shsa bo‘ladi. Pechni 230 daraja haroratda qizitib, no‘xatni 40 daqiqa davomida pishirish kerak bo‘ladi. Shirinroq variant istalsa, dolchin va shakar qo‘shib tayyorlash tavsiya qilinadi.

Quritilgan mevalardan tayyorlangan konfetlar
Granolani yaxshi ko‘radiganlar uchun quritilgan mevalar aralashmasidan tayyorlangan konfetlar ayni muddao hisoblanadi. Quritilgan o‘rik, xurmo va yong‘oqqa kokos qirindisi qo‘shib aralashtiring. Hamma mahsulotni blenderda aralashtiring, yopishishi uchun bodom suti qo‘shing. Aralashmadan sharchalar yasab, istalgan vaqtda iste’mol qilishingiz mumkin. Odatda glyukoza miqdori kechki 16:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tushadi. Bunday konfetning har birida taxminan 102 kaloriya mavjud bo‘ladi.

Popkorn
Bug‘da tayyorlangan bir necha porsiya popkornda atigi 30 kilokaloriya, o‘simlik yog‘ida pishganida esa 50 kilokaloriya mujassam bo‘ladi. Parhezshunoslar ushbu yegulikni mukammal «zakuska» deb hisoblaydi. Chips va pechenedan farqli ravishda unda fosfor, kremniy, temir va kletchatka ko‘proq bo‘ladi.

Yogurt
Ichaklar mikroflorasini ta’minlash xususiyatiga ega kalsiy va laktobakteriyalarga boy ekanidan tashqari, yogurt ishtahani nazorat qilishga yordam beradi va uzoq vaqt davomida to‘q tutadi. Asosiysi, qo‘shimchasiz tabiiy yogurt iste’mol qiling.

Olma chips
Bunday chips tayyorlash uchun olma va dolchin kerak bo‘ladi. Olmaning o‘rtasini olib tashlab yupqa shaklda kesib chiqing. Po‘stini artishga hojat yo‘q. Pechda 1,5-2 soat davomida 110-120 daraja qizigan pechda pishirib oling. Tayyor bo‘lganidan keyin dolchin sepib chiqing.

Shokoladli pasta
Foydali va mazali tamaddi qilish uchun uy sharoitida tayyorlangan shokolad pastasini iste’mol qilish tavsiya qilinadi. 5 daqiqada tayyorlash mumkin bo‘lgan bu kabi shirinlik uchun konservalangan qora loviyadan foydalanish kerak. Pastani non bo‘lagi yoki shunchaki olma ustiga surtib iste’mol qilsangiz bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar:
yong‘oqli pasta — 1 stakan;
konservalangan qora loviya;
kakao kukuni — 4 osh qoshiq;
sariyog‘ — 2 osh qoshiq;
asal — 4 osh qoshiq;
vanilin ekstrakti — 2 osh qoshiq;
dengiz tuzi — bir chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:
  • hamma mahsulotni blender yordamida aralashtirib oling.
  • keyin esa sovitkichga qo‘ying.
  • olmani mazkur shokolad pastasiga botirib iste’mol qilsangiz bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vazn tashlayotganda nimalar bilan tamaddi qilsa bo‘ladi?