Foto: Freepik
Eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfli tuyilishiga qaramay, nima uchundir ko‘pchilik ehtiyotsizlik qiladi. Beparvolik va o‘z vaqtida shifokor ko‘rigidan o‘tmaslik esa nafaqat quloq, balki salomatlik bilan bog‘liq jiddiy oqibatlarga ham olib keladi.
Qandli diabet, gipertoniya va xolesterin miqdorining yuqori ekani
Salomatligi haqida qayg‘uradiganlar uch muhim omil: xolesterin, qon bosimi va shuningdek, qondagi qand miqdorini nazorat qilib turishi kerak. Gap shundaki, ularning me’yordan baland ekani organizmdagi deyarli barcha tizimlarga, xususan, eshitish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Qon aylanishi qanchalik yomon bo‘lsa, quloqdagi hujayralarning sezuvchanligi shunchalik kamayadi va bu tabiiyki eshitishga ham ta’sir qilmay qolmaydi.
Fen va boshqa soch quritadigan vositalar
Sochini muntazam ravishda fen yordamida quritadiganlarda eshitish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqish xavfi yuqori bo‘ladi. Aslida jiddiy zarar sochni 8 soat davomida tinmay quritgandan keyin yetadi, lekin kundalik 10-15 daqiqalik jarayondagi shovqin ham turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Musiqani baland qilib tinglash
Doimiy ravishda musiqani baland qilib tinglash, qimmatga tushishi, salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Quloqchinda musiqani 60 foiz va undan pastroq qilib tinglash xavfsiz ekanini esdan chiqarmang.
Ayrim dori vositalari
Yurak kasalliklarida tavsiya qilinadigan diuretiklar, kimyoterapiya va antibiotiklar eshitish bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham shifokor bilan maslahatlashib, turli o‘zgarishlar kuzatilganda boshqa dori vositasini muqobil sifatida qabul qilishni so‘rab ko‘ring.
Og‘riqsizlantiruvchi dori vositalari
«Aspirin», «Ibuprofen» va ayrim boshqa retseptsiz qabul qilish mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari eshitishga sezilarli zarar yetkazishi mumkin. Quloqning shang‘illashi va shovqin eshitilishi ushbu preparatlarga xos vaqtinchalik nojo‘ya ta’sir hisoblanadi. Ammo ba’zida og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini doimiy ravishda qabul qilish eshitish qobiliyatini doimiy buzilishiga olib kelishi mumkin.
Yuqori harorat
Tana harorati yuqori bo‘lganda quloq ichidagi nervlar yallig‘lanish yoki kislorod yetishmasligidan shikastlanishi mumkin. Shikastlanish vaqtinchalik yoki doimiy bo‘lishi ham mumkin.
Jamoat transporti
Har kuni bir soat va undan ko‘proq vaqt davomida metro yoki elektrichkadan foydalanish eshitish qobiliyati uchun xavfli sanaladi. Agar bu sizga begona bo‘lmasa, doimiy ravishda eshitish darajasini tekshirtirish va yomonlashish kuzatilganda zarur choralar ko‘rish kerak.
Maishiy texnika va elektrli qurilmalar
Blender, drel va shunga o‘xshash maishiy texnika vositalari eshitish uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shifokorlar shu sabab ham ulardan kamroq hamda iloji boricha uzluksiz foydalanmaslikni tavsiya qiladi. Yaxshisi 10 soniyadan uzoqqa bormasin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi