5 095
Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘idan 13 yosh kattaligi haqidagi gaplardan charchagani haqida gapirdi
Turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi bilan AQSHda yashaydigan aktrisa Gulchehra Eshonqulova o‘z YouTube kanalida muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Aktrisa yangi videosida ilk marta AQSHga qanday va nima sababdan ketgani hamda qanday mavzudagi savollar uni charchatgani haqida gapirdi.
«Amerikaga ketish xayolimizda ham bo‘lmagan. Turkiyadan ketib, O‘zbekistonga borganimizda o‘g‘limiz Amirbek tinimsiz kasal bo‘la boshladi. Bilmadim, balki bunga uning dengizli o‘lkada tug‘ilgani sabab bo‘lgandir. O‘zbekistonda olti oy turgan bo‘lsak, o‘g‘limning kasaldan boshi chiqmadi. Dorixonadan paket-paket dori tashirdik. Lekin shamollashi ketmasdi. Xullas, qaynotam Amerikada bo‘lgani uchun biz ham shu yerga keldik. Kelgan kunimiz yomg‘irli havo edi. O‘sha kunning o‘zidayoq o‘g‘limizning burun oqishlari to‘xtadi», — deydi Gulchehra Eshonqulova.
Aktrisa muxlislariga Amerikaga taqdir taqozosi bilan borgani haqida so‘zlab berdi.
«Men ishlab, o‘qib yurganimda uch marta Amerika vizasini olganman. Birinchi marta Amerikada aylanib ketish istagida viza olganman. Lekin ‘s’yomka’larim tufayli kela olmaganman. Ikkinchi marta yana viza olib, yana bora olmadim. Uchinchi marta viza ham, samolyot chiptasini ham sotib oldim. Shunda otdan yiqilib, o‘n kun yotib qolganman. Alloh borishimni xohlamagan. O‘shanda palatada yotib, Amerikada tabiiy ofat bo‘lgani, reyslar bekor qilingani haqidagi xabarlarni ko‘rganman. Alloh meni tabiiy ofatdan himoya qilib, meni otdan yiqitib qo‘yganini anglaganman», — deya so‘zlarini davom ettiradi aktrisa.
Gulchehra Eshonqulova shuningdek, turmush o‘rtog‘i bilan oralaridagi yoshni muhokama qilayotganlarga ham murojaat qildi:
«Bu taqdir, shuning uchun menga har xil izohlarni yozmanglar. 13 yosh kichkinaga tegdingiz, demanglar. Bu narsaga olti yil bo‘ldi. Biz ikki farzandning ota-onasi bo‘ldik, baxtli yashayapmiz. Bu narsani hadeb yozaverishdan charchamadinglarmi? Charchamagan bo‘lsanglar, yozaveringlar. Biz uchun bu kulgili», — deydi aktrisa. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi