Foto: Vogue
Issiqdan sovuqqa o‘tish sabab organizmda stress kuzatiladi. Aynan shu sabab ham kuzda vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan yuqoriroq bo‘ladi.
Qovoq
Kuzga xos sanalgan ushbu poliz ekini, yog‘ hujayralarining to‘planishiga qarshilik qilishi bilan o‘ziga xos sanalgan kamyob T vitaminining koni sanaladi. Qolaversa, unda sabzidan ham ko‘proq oqsil va karotin mujassam bo‘ladi. Tarkibidagi rux moddasi, magniy, kalsiy va mis oshqozon-ichak traktini me’yoriy faoliyati uchun muhim sanaladi. Qovoq immunitetni mustahkamlab, yurak-qon tizimi muammolarini bartaraf qiladi. Uni har kuni istalgan ko‘rinishda tayyorlash mumkin.
Sabzi
Immunitetni tabiiy ko‘tarish xususiyatiga ega hisoblangan karotin, organizmni virus va shamollashdan himoya qiladi. Organizmga kirganida karotin A vitaminiga aylanadi. Sabzi nafaqat ko‘z uchun foydali, balki avitaminozda ham samarali hisoblanadi. Shu bilan birga teri va sochlar ahvoliga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Selder
Selder ham immunitet, gemoglabinni oshiruvchi mahsulot hisoblanadi. Tarkibida kalsiy, temir moddasi, fosfor va magniy mujassam ekanidan tashqari, antiseptik xususiyatga ega ekani tufayli mavsumiy allergiya bilan kurashish uchun ham ayni muddao. Sabzavotli sho‘rvalar, salatlardan tashqari go‘shtli taomlarga ham ta’m berishi bilan o‘ziga xosdir.
Lavlagi
Lavlagi teri ahvoli, tirnoqlar va sochlar mustahkamligini yaxshilaydigan yana bir mahsulot sanaladi. Uning tarkibida asab tizimini yaxshilaydigan B vitamini mavjud. Toksinlarni organizmdan chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan lavlagi nafaqat salatlar, balki taomlar uchun ham yaxshi variant.
Bulg‘ori qalampiri
C vitamini bulg‘ori qalampirida limondagi singari bisyor bo‘ladi. Ushbu sabzavot immunitetni mustahkamlab. Qon-tomirlar salomatligini yaxshilaydi. Kuzga xos bo‘lgan stress va charchoq bilan kurashishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?