Foto: Harper’s Bazaar
Kakao polifenol, ya’ni tabiiy antioksidantlarning manbayi hisoblanadi. Polifenollar organizmni zararli radikallardan himoya qilib, yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishining oldini oladi, qarish jarayonini sekinlashtirib, teri ahvolini yaxshilaydi.
Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Kakao qondagi azot oksidlarining miqdorini ko‘paytiradi. Bu esa arterial qon bosimning me’yorlashishida muhim rol o‘ynaydi. Ichimlik tarkibidagi flavonoidlarning o‘ziga xosligi qon tomirlar funksiyasini yaxshilashi bilan namoyon bo‘ladi. Kakao kukunidagi K vitamini va B guruhi vitaminlari sabab yanada yaxshi ta’sir qiladi. Ular yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olib, yurakning mushagi va tomirlar devorini mustahkamlaydi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin kaloriyaga boy ekaniga qaramay, qomatning me’yorda qolishiga yordam beradi. Kakao uglevodlar so‘rilishini me’yorlashtirib, to‘q tutgani hisobiga ishtahani bo‘g‘adi. Yog‘larning oksidlanishini jadallashtiradi. Bir necha tadqiqotlarda tabiiy kakaoning doimiy iste’moli bilan tana vaznining ko‘rsatkichi nisbatan past ekani aniqlangan. Ammo shu bilan birga me’yorni bilish, haddan ortiq iste’moldan tiyilish kerak.
Kakao kayfiyatni ko‘tarib, depressiyaga xos simptomlarni bartaraf qilishga yordam beradi. Gap shundaki, tarkibidagi triptofan «baxt gormoni» — serotonin ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Kakao iste’molidan keyin buyrak usti bezlaridan pulsni yaxshilab, diqqatni jamlashda ahamiyatli bo‘lgan feniletilamin moddasi ajraladi. Organizmga foydali bo‘lishi uchun kakaoni qanday iste’mol qilish kerakligini bilish kerak. Uni suv yoki sutda qaynatish kerak bo‘ladi. Qaynab chiqqanidan keyin ushbu ichimlikka dolchin, muskat yong‘og‘i qo‘shing. Shakardan esa iloji boricha tiyilganingiz yaxshi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi