Foto: Pinterest
Nafaqat noto‘g‘ri ovqatlanish, harakatsiz turmush tarzi va kasalliklar, balki har kuni foydalanadigan odatiy narsalar vaznning ortishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, har bir uyda mavjud va muntazam ravishda ishlatadigan ba’zi narsalar gormonal muvozanat va metabolizmni buzishi mumkin. Ulardan foydalanishni to‘xtatish – bu sog‘liqqa ham, qomatga ham foyda keltiradi.
Aromatik mahsulotlar
Foto: «Domashniy ochag»
Hammasi emas, albatta, faqat ftalatlarni o‘z ichiga olganlari – xushbo‘ylantirish uchun mas’ul kimyoviy moddalar. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ftalatlar organizmda to‘planishi va metabolizmga ta’sir qilishi mumkin. Kosmetika vositalari, shampunlar va uy tozalash vositalarining yorliqlarini diqqat bilan tekshirish zarur, agar u yerda ftalatlar topilsa, ularni ishlatish tavsiya etilmaydi.
Konservalangan mahsulotlar
Foto: «Domashniy ochag»
Bisfenol A (BPA) – kimyoviy estrogenga o‘xshash modda bo‘lib, ba’zida konserva tayyorlashda ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda bu xavfsiz, lekin yuqori kislotali ovqatlar, masalan, konservalangan pomidorlar bilan birgalikda u oziq-ovqatga, keyin esa tanaga kirishi mumkin. Sotib olishdan oldin konserva tarkibini tekshirishni unutmang.
Yelim idishlar
Foto: «Domashniy ochag»
Yuqorida aytib o‘tilganidek, xuddi shu ftalatlar plastmassalarda ham mavjud bo‘lib, qizdirilganda ular oziq-ovqatga osongina kirib boradi. Shuning uchun, hech qachon taom isitish uchun yelim idishlardan foydalanmaslik yoki ulardan issiq ovqat iste’mol qilmaslik lozim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, doimo ovqatlarni plastmassa idishda isitadiganlar, bunday idishdan voz kechganlarga qaraganda, uch baravar ko‘proq vaznga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi