Foto: «Domashniy ochag»
2022 yilni sarvqomat va sog‘lom boshlash uchun nima qilish kerak? «Domashniy ochag» jurnali bu borada darhaqiqat foydasi tegadigan ma’lumotlarni havola qiladi.
Mashg‘ulotlarning xilma-xil bo‘lishiga e’tibor qaratish
Mashg‘ulotlar doimiy ravishda amalga oshirilishi kerak, shu sabab ham rejimga amal qilish organizmning fiziologiyasidan kelib chiqib ish tutish kerak. Bir kuni og‘ir bir kuni yengilroq mashqlarni bajarish, uchinchi kunda esa dam olish kerak. Tanani zo‘riqtirmaslik, hammasi joyida ekaniga e’tiborli bo‘lish kerak. Oldindan jadval tuzib olib, ish va boshqa yumushlardan bo‘sh vaqtda sport bilan hech bo‘lmasa 30 daqiqa shug‘ullanish kerak. Takrorlanaversa, bora-bora odatga aylanadi.
Mashg‘ulotlardan rohatlanish
O‘zingizni sport bilan shug‘ullanishga majburlamang, avvaliga oson mashqlardan boshlang. Masalan, og‘ir zo‘riqishlarni xush ko‘rmaydiganlar uchun funksional mashqlarni o‘z ichiga oladigan pilates, sarvqomat bo‘lishga hissa qo‘shadi. Intensiv mashqlarni yoqtiradiganlar esa og‘ir mashg‘ulotlar ayni muddao. Yoga mashqlari esa qomatning egiluvchanligi, mushaklar faoliyatini yaxshilaydi.
Jiddiy parhez qilmaslik
Birdaniga qattiq cheklov qo‘yish yaramaydi. Hammasi asta-sekin bo‘lishi kerak, yo‘qsa organizm zo‘riqishni ko‘tara olmaydi va yog‘lardan qutilish o‘rniga, zaxira qila boshlaydi. Shu sabab ham yaxshilab nonushta qiling. Tushlik tez hazm bo‘ladigan sho‘rva, baliq, go‘sht va garnirdan iborat bo‘lishi kerak. Kechki ovqatga esa yengil salat va bir bo‘lak baliq yoki go‘sht iste’mol qilish kerak. Suv ichishni esa kanda qilmaslik kerak. Bu organizmdagi jarayonlar uchun juda muhim. Tushlik va kechki ovqat orasida yogurt va mevalardan yengil tamaddi qilib oling.
Tiniqib uxlang
Yil oxiriga borib yakunlanishi kerak bo‘lgan ishlar serob bo‘lgani uchun ko‘pchilik bu vaqtda tiniqib uxlamaydi. Ammo samaradorlik va ishning unumli bo‘lishida ahamiyatli ekani sabab, uyquning me’yorda bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak.
Aks holda energiya kamayib, kishi o‘zini yolg‘iz his qilishi, bu esa mashg‘ulotlarning samarali bo‘lishiga salbiy ta’sir qiladi.
O‘zingizni koyimang
Kuz yoki yozda sport bilan shug‘ullanmaganingiz uchun o‘zingizni koyimang. Gap shundaki, vaqtni boy berganlik haqida o‘ylash motivatsiyani kamaytiradi. Odam o‘ylaganidek natijaga erishmagani bilan, sport bilan shug‘ullanish orqali unga yaqinlashishi va orqali organizmini mustahkamlab olishi mumkinligini unutmang. Kam-kamdan doimiy ravishda jismoniy faol bo‘lish oldingidan yaxshiroq bo‘lishingizga hissa qo‘shadi. Asosiysi maqsad qo‘yib unga erishish uchun xohish bilan harakat qiling. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Pokistonda minglab namoyishchilar sobiq bosh vazir Imron Xonning ozod etilishini talab qilmoqda