Foto: Freepik
Vitamin va minerallar organizmning me’yoriy faoliyati uchun muhim moddalar hisoblanadi. Ular organizmdagi barcha jarayonlarga javob beradi. Vitaminlar foyda keltirishi uchun bir qancha muhim jihatlarni esda tutish kerak.
Birinchidan, samaraga erishish uchun ularni bir-biri bilan to‘g‘ri umumlashtirishni bilish kerak. Ikkinchidan, har bir vitaminlar guruhi va minerallarni qabul qilish kerak bo‘lgan vaqti borligini yodda tutish kerak.
Nima uchun B guruhi vitaminlarini nonushtaga, magniy va temir moddasini uyqudan avval qabul qilish kerakligi haqida Harper’s Bazaar ma’lumot berib o‘tadi.
A, E, D, K vitaminlari
Yog‘da eruvchan hisoblangan A, E, D va K vitaminlari organizmda yog‘li taom bilan iste’mol qilingandagina yaxshi singadi. Gap shundaki, qizilo‘ngachda yog‘lar vitaminlarni qayta ishlanishi uchun jigarga yetkazib berish xususiyatiga ega fermentlarni ishlab chiqaradi.
Kalsiy
Suyak va tishlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan kalsiyni qabul qilish uchun qandaydir aniq qoida yo‘q. Ammo boshqa qo‘shimchalar bilan qabul qiladigan bo‘lsangiz, uni temir va rux moddasi bilan qo‘shish yaramaydi. Ushbu elementlarni 15 daqiqa farq bilan qabul qilish kerak. Bu vaqtda ular bir-biriga xalal bermaydi.
B guruhi vitaminlari
Organizmdagi hayot uchun muhim bo‘lgan jarayonlarda ishtirok etadigan B guruhi vitaminlari qo‘shimcha energiya bilan ta’minlaydi. Asab tizimi faoliyatini yaxshilashda ahamiyatli bo‘lgan ushbu vitaminlarni nonushta vaqti qabul qilish kerak. Bu kun davomida samarali ishlash va uyqu bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lmasligiga olib keladi.
Magniy, temir va kletchatka
Ushbu qo‘shimchalarning barini kechasi, uyqudan avval iste’mol qilish kerak. Gap shundaki, magniy susaytirishi mumkinligi uchun uni kun o‘rtasida qabul qilish yaramaydi. Shu bilan birga, kofein temirning ta’sirini kesadi, shu sabab ham kun davomida qahva ichadiganlarga ushbu moddani kechroq qabul qilish tavsiya qilinadi. Katta miqdordagi kletchatka nonushta, tushlik va kechki ovqatdagi ozuqa moddalarining singishiga yordam beradi.
C vitamini
Suvda eruvchan C vitaminini kunning istalgan qismida qabul qilsa bo‘ladi, ammo yaxshi samara berishi uchun uni bir stakan suv bilan ichish kerak. Shuningdek, temir moddasining so‘rilishini yaxshilashini yodda tutish, temir tanqisligi kuzatilganda umumlashtirish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin