11:15 / 29.11.2021
2 066

Sovuq havoda qo‘llarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar

Sovuq havoda qo‘llarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar
Foto: Watsons
Ko‘chada havo sovuq, uyda esa quruq. Bu esa terida bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi, jumladan, qo‘l terisida ham. Qo‘llar silliq, nozik va chiroyli bo‘lishi uchun qanday parvarish qilish kerak?

Yumshoq yuvish vositasidan foydalaning
Har safar qo‘l kir va bakteriyalardan tozalanganda, terini haddan tashqari quruqlikdan himoya qiladigan tabiiy yog‘ qatlami yuvilib ketadi. Sovuq mavsumda bu tabiiy qatlamning yangilanishi ko‘proq vaqt talab etadi va teri tezroq quriydi, jarohatlanishi osonlashadi. Buning oldini olish uchun odatdagi yuvish vositasini namlantiruvchi asos bilan almashtirish lozim. Qo‘lni issiq suv bilan emas, balki iliq suv bilan yuvish tavsiya etiladi, shundagina teriga kamroq shikast yetadi.

Qo‘llarga iloji boricha tez-tez krem surting
Suvdan foydalanish, qog‘oz bilan ishlash, umuman har qanday jarayondan oldin yoki keyin tez-tez krem surtib turish lozim. U himoya qatlamini doimo saqlab turishga yordam beradi. Buning uchun uyda, ishda, sumkada va mashinada krem olib yurish kerak.

Sovuq havoda qo‘lqopsiz yurmang
Qo‘llarni uzoq vaqt yumshoq va chiroyli saqlaydigan juda oddiy qoida. Havo harorati +10 darajadan pastga tushishi bilanoq, faqat qo‘lqop bilan ko‘chaga chiqish kerak.

Ro‘zg‘or qo‘lqoplarini unutmang
Ro‘zg‘or qo‘lqoplari har qanday uy vazifasini bajarishda kiyilishi kerak. Bu qoida yilning istalgan vaqtiga to‘g‘ri keladi. Ammo kuz va qishda bu yana ham muhimdir. Sovuqda qo‘llarning terisi allaqachon qo‘shimcha ta’sirga duchor bo‘ladi.

Har hafta tuzli qo‘l hammomlarini qiling
Qo‘l terisini yaxshi holatda saqlash uchun haftada bir marta dengiz tuzi bilan iliq vannalar qilish foydalidir. Ular mayda yoriqlar va jarohatlarni davolashga yordam beradi, tirnoqlarni mustahkamlaydi, shuningdek, teri qatlamining ko‘chishini yo‘q qiladi. Qolaversa, suvga bir necha tomchi efir moyini qo‘shish mumkin. Ushbu stress terapiyasi yilning istalgan vaqtida foydali.

Niqoblardan foydalaning
Qo‘l terisi uchun maxsus niqoblarni sotib olish yoki uy sharoitida tayyorlash ham mumkin: odatda foydalanayotgan kremga bir necha tomchi har qanday moy qo‘shiladi, qo‘llarga surtiladi, rezina qo‘lqop kiyiladi va 15-20 daqiqa davomida iliq havoda ushlab turiladi. Haftada bir yoki ikki marta bunday niqoblarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Skrab bilan tozalang
Haftada ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holda, o‘lik hujayralardan xalos bo‘lish, qon aylanishini yaxshilash va krem yoki niqoblarning yaxshiroq kirib borishini ta’minlash uchun qo‘llarni yumshoq skrab bilan yaxshilab tozalashingiz kerak.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sovuq havoda qo‘llarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar