20:13 / 05.12.2021
2 283

Vitaminlarni shifokor ko‘rsatmasisiz ham qabul qilsa bo‘ladimi?

Vitaminlarni shifokor ko‘rsatmasisiz ham qabul qilsa bo‘ladimi?
Foto: Freepik
Avitaminoz deyarli har bir odamda kuzatilishi mumkin, vitaminlarga boy sabzavot hamda mevalar kamroq yeyilgani hisobiga, ayniqsa, ushbu muammo qish mavsumida ko‘proq kuzatiladi. Immunitetning pasayishi, tirnoqlarning mo‘rtlashishi, soch to‘kilishi va doimiy charchoq bilan namoyon bo‘ladigan vitamin yetishmasligi jiddiy muammolarga ham olib kelishi mumkin. Aynan shu sabab ham ko‘p hollarda shifokor bilan maslahatlashmasdan, o‘zboshimchalik bilan vitaminlarni qabul qilish holatlari kuzatiladi. Bu esa aksariyat hollarda turli oqibatlarga olib keladi.

Shifokor ko‘rsatmasisiz va hech qanday tahlillarga asoslanmasdan vitaminlarni qabul qilishni boshlash me’yorni buzishga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar vitaminlar borasida xuddi boshqa dorilar singari ehtiyot bo‘lish kerakligi va o‘zboshimchalik qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi. Aks holda bu jiddiy kasalliklar va hatto a’zolarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Shu sabab ham o‘zingizni holsiz his qilsangiz va buning boisini avitaminoz bilan bog‘liq deb bilsangiz darhol shifokorga borish tavsiya qilinadi. Tahlillardan keyin organizmingizga aynan nima yetishmayotganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng qaysi vitaminlarni muayyan muddat davomida qabul qilish mumkinligi ma’lum bo‘ladi. Agar shifoxonaga borishga xohishingiz bo‘lmasa, mavsumiy meva va sabzavotlarni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

Shu bilan birga, doimiy ravishda sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazishni ham unutmang. Juda ham oddiydek tuyilgan ushbu maslahat organizmdagi vitamin tanqisligi bilan bog‘liq muammoni bartaraf qilishga yordam berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vitaminlarni shifokor ko‘rsatmasisiz ham qabul qilsa bo‘ladimi?