Foto: Getty Images
Qish mavsumida inson organizmi har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq vitamin, mineral va boshqa mikroelementlarga muhtoj bo‘ladi. Shu sababli tez-tez kasal bo‘lish va qattiq charchoq kuzatiladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshqa narsalar qatorida ratsionga C vitaminiga boy mahsulotlar, shuningdek, mavsumiy meva, sabzavot, ko‘katlarni kiritish kerak.
Zanjabil
Har bir inson zanjabil ildizining foydalari haqida bilishi tabiiy, shuning uchun ham uni shamollash va gripp mavsumida muntazam ravishda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qomatni chiroyli saqlashning eng oson va foydali usuli – bu har kuni ertalab och qoringa, nonushta qilishdan oldin zanjabil ichishdir.
Uning retsepti oddiy: zanjabil maydalanib, suvga solinadi, ustidan limon sharbati siqilib, asal qo‘shiladi va aralashma bir kechaga muzlatkichga qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgan damlamani 3-5 kungacha ichish mumkin, keyin esa yangisi tayyorlab ichiladi.
Klyukva
Ko‘pchilik klyukvani nordon ta’mi tufayli yaxshi ko‘radi, lekin ushbu rezavorni bir yildan ko‘proq vaqt davomida suv ichida yopiq idishda yangidek saqlash mumkinligini bilmaydi. Bundan tashqari, undan mevali ichimliklar, taomlar uchun souslar tayyorlash mumkin. Qolaversa, klyukvada juda ko‘p miqdorda C vitamini mavjud bo‘lib, u immunitetni mustahkamlashda alohida rol o‘ynaydi.
Anor
Tabiiy mahsulotlardan, ehtimol, qishda eng foydalisi anordir. U ko‘p miqdorda C vitamini, foliy kislotasi va antioksidantlarni o‘z ichiga oladi, bu ayniqsa, sovuq mavsumda muhimdir. Undan vitaminli sharbatlarni siqib chiqarish mumkin, anor urug‘larini salatlarga qo‘shish yoki shunchaki iste’mol qilish ham foydalidir.
Sitruslar
Qish – sitrus mevalar mavsumi. Ushbu faslda apelsin, mandarin va albatta, greypfrutlar sevib iste’mol qilinadi. Ularning barchasi juda ko‘p miqdorda C vitaminini o‘z ichiga oladi, bu esa sovuqda kasal bo‘lmaslikka yordam beradi, shuning uchun qishda ratsionni sitrus mevalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularning o‘zini iste’mol qilishdan tashqari, salatlarga ham qo‘shish mumkin.
Ko‘katlar
Ko‘katlar zaiflashgan immunitet tizimi uchun najotdir. Uning tarkibida tananing himoyasini oshiradigan muhim antioksidantlar mavjud. Mutaxassislar ko‘katlarni odatiy gazaklar o‘rnida iste’mol qilishni maslahat beradi: bu vazn va immunitet uchun foydali. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar