Foto: «Domashniy ochag»
Organizmning erta qarishi bir necha omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nosog‘lom turmush tarziga amal qilish bilan birga zararli mahsulotlarni iste’mol qilish ham eng ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi. «Domashniy ochag» nashri erta qarishni oldini olish uchun qaysi mahsulotlardan tiyilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Margarin
Margarinda surunkali kasalliklarning kelib chiqish xavfini ortishiga sabab bo‘luvchi transyog‘lar bisyor bo‘ladi. Bundan tashqari, organizmdagi suv balansining buzilishi bilan yog‘ning ushbu turi o‘rtasida aloqadorlik ham yo‘q emas. Surunkali suvsizlanish esa va tana a’zolarining erta qarishi va ajin paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Yarimtayyor mahsulotlar
Tanovuldan oldin mikroto‘lqinli pechda isitishning o‘zi yetarli ekani bilan vaqtni tejashga yordam beradigandek tuyuladigan yarimtayyor mahsulotlar tarkibida tuz serob bo‘ladi. Ishlaringizga ulgurishga ko‘mak berayotgandek tuyulgani bilan salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Ushbu mahsulotlarni me’yordan ortiq iste’mol qilish shishlar paydo bo‘lishi va teri ahvolining yomonlashishiga olib keladi.
Energetik ichimliklar
Ertalabki energiya yetishmasligi uyquning yetarli bo‘lmagani va kech uxlash bilan aloqador bo‘lishi mumkin. O‘n yil avval qarishni xohlamasangiz, bunday zararli ichimliklardan tiyilish tavsiya qilinadi. Gap shundaki, shakar, kofein, natriy hamda kislotalar miqdori juda ham ko‘p ekani hisobiga energetiklar tish emalidan tashqari, hazm tizimiga salbiy ta’sir qiladi. Peshob haydashni jadallashtirgani tufayli esa organizmda suvsizlanish kuzatiladi.
Shirinliklar
Erta qarishga olib keladigan eng birinchi raqamli dushman ekani sabab shakar iste’moli borasida me’yorni bilish juda muhimdir. Gap shundaki, glyukozaning ortiqchasi surunkali kasalliklar va qandli diabet kelib chiqishi xavfini ko‘paytirishdan tashqari, saraton hujayralarining oziqlanishiga ham hissa qo‘shadi.
Glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mahsulotlar
Non, pasta va oq undan tayyorlanadigan boshqa mahsulotlar tarkibidagi tez singadigan uglevodlar qondagi qand miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin. Olimlar glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va erta qarish o‘rtasida bog‘liqlik borligini allaqachon aniqlangan. Husnbuzar va teri bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa, ratsiondagi mahsulotlarni o‘zgartirish tavsiya qilinadi.
Spirtli ichimliklar
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish organizmda radikal o‘zgarishlar, ayniqsa, hujayralar yangilanishiga javob beradigan A vitamini tanqisligiga olib keladi.
Kolbasa va boshqa go‘sht mahsulotlari
Sal avval o‘tkazilgan tadqiqotlarda, kolbasa va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar tarkibidagi nitrat va nitritlar onkologik kasalliklar kelib chiqishi xavfini orttirishi aniqlangan. Ushbu moddalar organizmda hujayralar oksidlanishi va ularning DNK o‘zgarishiga olib keladi. Ushbu jarayon yuz terisi uchun o‘ta xavfli. Shu bois ham kolbasa va sosiska o‘rniga oqsilga boy tabiiy go‘sht mahsulotlarini yeyish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Pokistonda minglab namoyishchilar sobiq bosh vazir Imron Xonning ozod etilishini talab qilmoqda