23:33 / 14.12.2021
2 710

Qomatga salbiy ta’sir qiladigan foydali mahsulotlar

Qomatga salbiy ta’sir qiladigan foydali mahsulotlar
Foto: Marie Claire
Siz foydali deb hisoblagan qaysi mahsulotlar qomat bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Bo‘tqa
Aslida shakar, sariyog‘, tuz va sut qo‘shilmagan bo‘tqaning qomatga hech qanday salbiy ta’siri yo‘q. Ammo aksincha bo‘lsa, kaloriyasi ko‘payadi va istalgan natijaga erishish qiyin bo‘ladi. Shuni yodda tutgan holda yarim stakan suli yormasidan tayyorlangan yoki boshqa bo‘tqalarga yuqoridagilar o‘rniga vanilin, kardamon, muskat yong‘og‘i qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Qolaversa, bu borada barra mevalar ham yaxshi samara beradi.

Yong‘oqlar
Oqsil, yog‘ kislotalari, kletchatkalar va E vitaminining koni bo‘lgan yong‘oqning kaloriyasi oq shokoladdan ko‘proq. 80 foizgacha yog‘ mujassam bo‘lgan ushbu mahsulotning 30 grammida kaloriya miqdori 100-200 ni tashkil qiladi. Ya’ni bir hovuch xandon pista chaqish butun shokolad yeyish bilan barobar.

Quruq nonushtalar
Foydali ekani aytilishi, reklama qilinishdan to‘xtalmasligiga qaramay, ushbu mahsulotda kaloriyasi yuqori bo‘lgan shokolad va mayizni o‘z ichiga olishini unutmaslik kerak. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar mazali bo‘lsin deb shakar yoki unning o‘rnini bosuvchilarni ayamasdan solgan bo‘lishi mumkinligini ham yodda tutish kerak.

Qora shokolad
Qor shokoladning qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishi, yurak, sochlar va yuz terisi uchun foydali ekanidan tashqari, kayfiyatni ko‘tarilishiga hissa qo‘shishi ham ko‘p takrorlanadi. Ammo har to‘kisda bir ayb deganlaridek, uning ham o‘ziga yarasha zarari borligini esdan chiqarmaslik kerak. Shakar va yog‘ miqdori ko‘p ekani sabab ham iste’mol borasida me’yorga amal qilinmasa, nafaqat semirish, balki qandli diabetni ham orttirib olish mumkin.

Mevalar
Mevalar mazali ekanidan tashqari, to‘yimliligi va kaloriyasi kam ekani sabab ham parhezdagilarning eng sevimli mahsuloti sanaladi. Mevalarning kam miqdorida ham organizm uchun foydali bo‘lgan antioksidantlar, vitamin va kletchatkalar serob bo‘ladi. Ammo tarkibida me’yordan oshib ketsa, zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fruktoza (meva shakari) miqdori ham shunga yarasha ko‘p bo‘lishini unutmaslik kerak. Mevalarni hazm qilish uchun organizmga insulin kerak. Insulinning jadal ajralishi esa hujayralar yallig‘lanishini keltirib chiqarishi, bu esa turli kasalliklar hatto erta qarishga ham olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qomatga salbiy ta’sir qiladigan foydali mahsulotlar