Foto: Marie Claire
Bayram dasturxonidan o‘rin oladigan mahsulotlardan qaysilari salomatlik bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Marinadlangan mahsulotlar
Aksariyat hollarda marinad tarkibidan tuz, shakar, ziravor, sirka va vino singari komponentlar o‘rin oladi. Olive salati, baliq ikrasidan tayyorlangan buterbrod va boshqalar bilan birgalikda marinadlangan mahsulotlar salomatlikka nafaqat ijobiy, balki salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bir tarafdan marinad hazm jarayonini jadallashtirsa, boshqa tomondan ishtahani ochadi va ortiqcha ovqatlanish xavfi avtomatik tarzda ko‘payadi. Tarkibida sirka bo‘lmagani sabab esa marinadlangan mahsulotlar o‘rniga tuzlangan mahsulotlar bilan dasturxonni bezash tavsiya qilinadi. Ammo shilliq qavatni zo‘riqtirib, qorinda diskomfort keltirib chiqarishi mumkinligi sabab ham tuzlangan mahsulotlarning iste’moli borasida me’yorni bilish tavsiya qilinadi.
Gazlangan ichimliklar
Bir litr gazlangan ichimlik tarkibida 100 gramm shakar bo‘lishi, uning energetik qiymati esa 400 kkalga teng ekanini bilarmidingiz? Organizmdagi kalsiyni chiqarib yuborish xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘yoqlar (krasitel), ta’m kuchaytirgich va ortofosfat kislotasi haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Shu sabab ham gazlangan ichimliklarni kompot va xushbo‘y ta’mga ega choylarga almashtirish tavsiya qilinadi.
Tarkibida mahsulotlar serob bo‘lgan va ustma-ust qilib taxlangan salatlar
Yangi yil dasturxonini olive va mimoza salatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo ushbu mazali salatlar turli komponentlar qo‘shiladigan tarkibli yeguliklar qatoriga kirishini inkor bo‘lib bo‘lmaydi va asosiy muammo ham shunda. Gap shundaki, ulardan aksariyati bir-biri bilan umumlashganda hazm qilish qiyinlashadi, mayonez va boshqa souslar bilan esa ushbu jarayon yanada qiyin kechadi. Yog‘siz smetana, yogurt, shuningdek, kaloriyasi ko‘p mahsulotlarni kam kaloriyaliga almashtirish, masalan, kolbasa o‘rniga qaynatilgan go‘sht, tuzlangani o‘rniga oddiy bodring qo‘shish ham ahvolni yengillashtirishi mumkin.
Tort va shirinliklar
Marinadlangan bodring, salat va boshqa yeguliklardan keyin iste’mol qilingan shirinlikni oshqozoningiz yengil hazm qilmasligi aniq. Keks, kremli tort bo‘lagi va shokoladli boshqa shirinliklarda kamida 500 kaloriya bo‘ladi. Aynan shu sabab ham shirinliklar o‘rniga vitaminlarga boy mevalarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Tartaletkalar
Tartaletka — kaloriyali xamir va kaloriyali nachinkaning umumlashmasi hisoblanadi. Bayramdan keyin vazn bilan bog‘liq muammodan aziyat chekishni istamasangiz, tartaletka o‘rniga boshqa yegulik iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Mandarin
Aslida, mandarin beta-karotin, kaliy, A vitamini va antioksidantlarning koni hisoblanadi. Ammo bayram kechasi uni me’yordan ortiq yeyish allergiya, jig‘ildon qaynashi va gastrit xurujiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham iste’mol borasida oshirib yubormaslik yoki uning o‘rniga allergiyaga sabab bo‘lmaydigan boshqa mevalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar