19:13 / 21.12.2021
1 315

Me’da qaynashining oldini oladi, kayfiyatni ko‘taradi: bananning foydali xususiyatlari

Me’da qaynashining oldini oladi, kayfiyatni ko‘taradi: bananning foydali xususiyatlari
Kuniga bitta banan iste’mol qilish shifokor huzuriga borishni kamaytiradi. Lekin bunda hazildan ko‘ra ko‘proq haqiqat bor. Odatda olma haqida shunday deyishadi, lekin aslida banan ham juda foydali – ushbu sitrus mevada ko‘plab vitamin va boshqa oziq moddalari mavjud.

Agar banan va olma solishtiriladigan bo‘lsa, unda birinchisida A vitamini va temir besh baravar ko‘p, shuningdek, fosforning miqdori uch baravar yuqori. Kaliy, kletchatka, tabiiy shakar va C vitamini – ushbu vitamin va minerallarning barchasi ushbu sariq mevaning foydasidan darak beradi.

Shakar tarkibi kletchatka bilan muvozanatlangan, shuning uchun banan qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga yordam beradi. Shuning uchun ham bananlar «supermahsulot» deb ataladi.

Me’da qaynashi
O‘ta bandlik va beqaror ovqatlanish – bu ko‘pincha me’da qaynashiga olib keladi. Pishmagan bananlar oshqozon kislotasini zararsizlantiradi va leykosiyanidin deb ataladigan o‘simlik birikmasi oshqozon shilliq qavatini qalinlashtirishga yordam beradi.

Quvvat manbayi
Bananlarda suv kam va boshqa mevalar bilan solishtirilganda kaloriya va shakar miqdori yuqori. Saxaroza, fruktoza va glyukoza kletchatka bilan birgalikda quvvat manbayi hisoblanadi. Jismoniy mashqlar paytida kaliy miqdori tufayli tomir tortishishi xavfi kamayadi. Banan mashg‘ulotdan oldingi mukammal yegulik hamdir.

Yaxshi kayfiyat
Banan organizm yaxshi kayfiyat uchun mas’ul bo‘lgan kimyoviy serotoninga aylantiradigan aminokislota triptofanni o‘z ichiga oladi. Ushbu birikmalar dam olishga, tashvishlarni kamaytirishga va hatto xursand qilishga yordam beradi. Qondagi triptofan darajasini faqat oziq-ovqat yordamida ko‘tarish qiyin, ammo banan bu vazifani a’lo darajada bajaradi.

Tabiiy kollagen
Banan tarkibida marganets ham mavjud bo‘lib, u organizmga kollagen ishlab chiqarishga yordam beradi va terini erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Me’da qaynashining oldini oladi, kayfiyatni ko‘taradi: bananning foydali xususiyatlari