21:34 / 23.12.2021
1 704

Karkadeli choyning qanday foydali xususiyatlari bor?

Karkadeli choyning qanday foydali xususiyatlari bor?
Foto: Harper’s Bazaar
Qadimgi Misrda energiyani tiklashi, issiq kunlarda chanqoqni bosishiga ishonilgan karkadeli ichimlik bir qancha surunkali kasalliklarning oldini olish bilan birga, vaznni nazorat qilishga ham yordam beradi. Harper’s Bazaar nashri nima uchun ushbu ichimlikni kanda qilmaslik tavsiya qilinishi haqida ma’lumot beradi.

Qanday foydali xususiyatlari bor?
Arterial qon bosimni me’yorlashtirib, qon tomirlar devorini mustahkamlaydigan antotsian va rutinga boy sanalgan karkade tarkibidagi linol kislotasi qondagi «yomon» xolesterin miqdorini kamaytiradi, «yaxshisi»ning ishlab chiqarilishini jadallashtiradi.

Tabiiy antioksidant C vitaminining koni ekani sabab immunoglobulinning ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, viruslarga qarshi kurashishga yordam beradi. Qolaversa, «yoshlik oqsili» kollagen ishlab chiqarilishini yaxshilab, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Tarkibidagi antotsianinlar yallig‘lanish jarayonini sekinlashtiradi, polifenollar esa oshqozon-ichak traktini me’yorlashtirib, jig‘ildon qaynashi, ichaklar bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi.

Meva kislotasi esa organizmni tozalab, metabolizmni yaxshilaydi. Unda mujassam bo‘lgan kompleks mikroelementlar diqqatni jamlash va ish samaradorligini oshishiga yordam beradi. Ish vaqtida iste’mol qilingan karkadeli choy bir finjon qahvaning o‘rnini bosadi va tetiklashishga yordam beradi.

Qanday tayyorlash kerak?
3 choy qoshiq karkade ustidan 600 ml qaynoq suv, keyin esa zanjabil, dolchin yoki limon qo‘shing. 15-20 daqiqa dam yeganidan keyin bemalol ichsangiz bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Karkadeli choyning qanday foydali xususiyatlari bor?