16:43 / 27.12.2021
1 199

Yuz terisidagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar

Yuz terisidagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
Foto: Pinterest
Ko‘pchilik teri muammolarini hal qilishni emas, balki tonal kremi bilan niqoblashni afzal ko‘radi, ammo bu masalaga yechim bo‘la olmaydi.

Quruq, yallig‘langan, qobiqli joylar
Yosh yoki ekzema tufayli teri quruqlashishi mumkin. Quruq teri uchun eng yaxshi vosita namlovchi vositadir. Terining chuqur qatlamlariga yaxshiroq kirib borish uchun o‘lik hujayralarni olib tashlaydigan skrabdan foydalanish tavsiya etiladi. Agar bu yordam bermasa, dermatologga murojaat qilish kerak.

Ko‘z atrofidagi oq pufakchalar
Toshma tariq doniga tashqi o‘xshashligi sababli ular tariq deb ham ataladi, ammo rasmiy nomi – milium. Ular ham teri hujayralarining kichik bo‘laklari, husnbuzarning bir turi. Miliumlar juda yog‘li kremlardan foydalanish yoki noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Muammoning oldini olish uchun kremni boshqasiga almashtirib, terini skrab bilan muloyimlik bilan tozalash zarur. Hech qachon miliumni teshish yoki siqish kerak emas. Bu infeksiya tushishiga olib kelishi yoki terida chandiq qoldirishi mumkin. Kosmetologlar esa katta miliumdan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Jigarrang yoshdagi dog‘lar
Bu dermatologlar melazma deb ataydigan teri pigmentatsiyasining buzilishidir. Melazma homiladorlikdan keyin, gormonal kasalliklar, ultrabinafsha nurlarining haddan tashqari ta’siri, fotosensibilizatorlarni o‘z ichiga olgan dori-darmonlarni qabul qilish va ovqat hazm qilish tizimining ayrim kasalliklari bilan paydo bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda eng yaxshi vosita quyoshdan himoyalovchi kremdir. Homiladorlar glikolik kislota va qizilmiya ekstraktidan iborat skrabni sinab ko‘rishi mumkin. Ammo teriga lazer orqali ta’sir qilish usullaridan ehtiyot bo‘lish zarur, chunki melazma melanomani qo‘zg‘atishi mumkin.

Terining qizarishi
Bu rosatsea – yuzning surunkali teri kasalligi bo‘lib, undagi kichik yuzaki tomirlar kengayadi va qizil yallig‘lanish hosil bo‘ladi. Rozatseaning kelib chiqish sabablari noma’lum, ammo shifokorlar erta qarigan odamlar unga ko‘proq moyil ekanligini aniqladi. Kasallikning oldini olish uchun quyoshda uzoq vaqt qolmaslik, spirtli ichimliklar va shokolad iste’mol qilmaslik kerak. Shuningdek, qon tomirlarini toraytiruvchi krem foydalanish uchun shifokorga murojaat qilish lozim.

Kichik qizil toshmalar
Ular angioma deb ataladi, odatda ular mayda, 1-2 millimetrli, bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladi. Tashqi tomondan, angiomalar oddiy xollarga o‘xshaydi. Ushbu kasallik irsiyatdan ham o‘tadi. Angiomani oldini olish ilojsiz, lekin bu mutlaqo xavfli emas. Agar ular tez-tez bezovta qilsa, dermatologga murojaat qilish lozim. Shuningdek, hushsizlantirish orqali ularni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash mumkin.

Husnbuzar va chipqon
Ushbu muammo estrogen darajasining pasayishi va androgen gormonlarining ko‘payishi bilan tavsiflanadi. Shu sababli, shilliq bezlar faolroq ishlaydi, shuning uchun 40 dan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollarning taxminan 25 foizi husnbuzarlarga duch keladi. 20 yoshda gormonal tabletkalarni qabul qilish yetarli bo‘lishi mumkin, ammo 40 yoshdan keyin siz mutaxassisdan yordam so‘rash kerak.

Terida kichik oq yoki qizil dog‘lar
Keratoz – soch follikulalarining dag‘allashuvidir. Keratoz balog‘at yoshidagi odamlarning 30-40 foizida uchraydi. Ayollarda homiladorlik davrida kasallik faollashishi mumkin. O‘lik hujayralardan o‘z vaqtida xalos bo‘lish va ularning to‘planishining oldini olish uchun terini muntazam ravishda tozalash lozim. Terini yaxshilash uchun namlantiruvchi krem surtish zarur.

Teriga oq dog‘lar tushishi
Ushbu dog‘lar irsiyat yoki to‘satdan vazn ortishidan paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bunday tartibsizliklar terining turli joylari bir-biriga ishqalanadigan joylarda paydo bo‘ladi. Buning da’vosi uchun faqat dermatologga borish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuz terisidagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar