5 017
Kompozitor Sultonali Rahmatov xonanda Nilufar Saidova bilan ajrashishi sababi haqida
Taniqli kompozitor Sultonali Rahmatov Chotki TV YouTube kanaliga bergan intervyusida sobiq rafiqasi xonanda Nilufar Saidova bilan turmushi buzilishi hamda qizlarini salkam 10 yildan beri ko‘rmayotgani haqida gapirdi.
«Nilufarni bilmayman, oxirgi marta 2012 yilda qizlarimni ko‘rdim. Qizlarimni doim ko‘rardim, o‘sha vaqtda urishib qoldik, depressiya bo‘lgan vaqtlar edi. Shundan buyon qizlarim bilan ko‘risha olmayapman. Qolgan farzandlarim men bilan birga, deyarli. Ikkita qizim bor, ular har hafta kelib turishadi. Nilufar bilan ajrashishimning sababi bo‘lgan. U yaxshi ayol, lekin katta xato qildi. Xatolarini aytishni o‘zimga ma’qul ko‘rmayman, omad tilayman. Baribir u ona, farzandlarimning onasi, yaxshi ijodkor. Aniqrog‘i, ijodkor deya olmayman, yaxshi xonanda. Agar yaxshi ijodkor bo‘lganida o‘zi chiqa olgan bo‘lar edi, ijodkor emas u», – deydi kompozitor sobiq turmush o‘rtog‘i haqida.
Nilufar Saidovani yana Nilufar Rahmatova qilish, ya’ni yashashingiz mumkinmi, degan savolga kompozitor «Yo‘q» deya javob berdi.
«Nilufar bilan ajrashish sababini ayta olmayman, lekin bir narsa aniq: men o‘zimga tozaman. Shuningdek, bu yerda boshqa gap ham ketgan – mansab masalasida. O‘sha vaqtlar biladiganlar bo‘lsa, men orqa sahnada bo‘lganman, oddiy kiyinganman. Nilufar chiqsin, deb harakat qilganman qo‘limdan kelganicha. Ajrashish masalasida, asosan, mansab rol o‘ynagan. Hozir batafsil aytsam, gap ko‘payib ketadi. Nilufar yomon emas, yaxshi ayol. Shunchaki xatolik yuz berdi», – deydi Sultonali Rahmatov.
«Agar qayta imkoniyat berilib, Nilufar Saidovaga uylanganingizda, ayolingizni xonanda qilar edingizmi?», degan savolga kompozitor quyidagi javob beradi:
«Yo‘q, uylanmasdim ham. Agar uylanganimda, albatta, o‘zi juda ham xohlasa, ko‘ngliga qaragan bo‘lardim. Nilufarni 1998 yilning yanvar oyida Teatr va rassomchilik ( hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat) institutiga borib, 50 ta qiz ichidan tanlab olganman. Aslida Nilufar ikkinchi plandagi qiz edi, birinchi o‘rinda Gulchehra degan qizni tanlaganman. Bir oyning ichida u qizni chiqarib yubordim. Keyin uning o‘rniga Nilufar bilan alohida shug‘ullanishni boshladim. Nilufar bilan noldan boshlab ishlaganman, uning ovozi yo‘q edi. Birinchi ijrolari ham turibdi, eshitgan odam uni Nilufar deb o‘ylamaydi, chunki hali kuchli emasdi. Keyin birgalikda tinimsiz ishlab, uch yil ichida unvon olishga ham harakat qilganmiz. Mehnat qilganmiz va buning evaziga ko‘p narsaga erishganmiz».
Sultonali Rahmatov Nilufar Saidova bilan birga yashagan vaqtida unga qo‘l ko‘targanidan afsuslanishi haqida gapirdi.
«Nilufardan xafamasman, undan ikki qizim bor. Uchtasi birinchi oilamdan. Uni haqoratlaganim, urishganim to‘g‘ri, aslida bunday qilmasligim kerak edi, lekin erkaklik g‘ururim bor. O‘sha tomondan, ma’lum sababga ko‘ra, haqoratlaganman, urishganman, hattoki qo‘l ham ko‘targanman — aybim shu. Nilufardan bu uchun kechirim so‘rayman. Shu darajada bo‘lganki, chiday olmay qo‘l ko‘targanman. Tasavvur qiling, odamlarni oldida qo‘pol muomalada bo‘lsa, men kim bo‘laman, ‘latta’ bo‘lamanmi shunda? Nima qilishim kerak edi? Xo‘p xotin aka, deb ketishim kerakmidi? Men unaqa emasman. Bo‘lmasa, o‘zimdan o‘zim uramanmi, so‘kamanmi? Agar ichib olgan bo‘lsam, tushunish mumkin. Lekin men ichmayman, chekmayman ham. Hamma xatosini tan olishi kerak. Hozir kelinim bor, bolalarimga ham aytaman, birortasi qo‘lini ko‘tarmaydi. Men takrorlagan xatoni qaytarmasin deb, ularni nazorat qilaman. Shu ikki qizim Nilufarda, uning yana bitta farzandi bor, otasi boshqa», — deydi Sultonali Rahmatov.
Ma’lumot uchun, Sultonali Rahmatov va Nilufar Saidova turmushlari mobaynida Farina va Safina ismli ikki qiz farzand ko‘rgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi