14:53 / 05.01.2022
1 459

Qish mavsumida salomatlikni mustahkamlab, qizdiruvchi xususiyatga ega ziravorlar

Qish mavsumida salomatlikni mustahkamlab, qizdiruvchi xususiyatga ega ziravorlar
Foto: «Domashniy ochag»
Ayniqsa, qishki mavsumda ko‘p kuzatiladigan kasalliklarning oldini olish va immunitetni mustahkamlash uchun qaysi ziravorlarni ratsionga kiritish kerakligi haqida «Domashniy ochag» nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Dolchin
Maydalangan dolchinning atigi ikki chimdimi diqqatni jamlashga yordam berib, xotirani mustahkamlaydi va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga hissa qo‘shadi. Antioksidantlarga boy ekani hisobiga organizmni zararli radikallardan himoya qiladi. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytirib, qon bosimini me’yorlashtiradi. Shuningdek, shamollash va virusli kasalliklarda yaxshi samara beradi. Og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llaridagi bakterial va zamburug‘ infeksiyalariga qarshi kurashishda ham yaxshi samara beradi.

Zanjabil
Zanjabil qizdiruvchi va yallig‘lanishga qarshi samara beradigan vosita hisoblanadi. Artrit va artrozni davolashda yordam beradi. Uni doimiy ravishda taom yoki ichimlikka qo‘shib iste’mol qilganlarda oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar kam kuzatiladi.

Oregano yoki tog‘rayxon
Oregano yaralarni bitirish va organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborib, shishlarni bartaraf qilish xususiyatiga ega. Ushbu ziravor ichaklar zo‘riqishi va moddalar almashinuvi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qiladi. Qolaversa, immunitetni mustahkamlash xususiyatiga ega hisoblanadi.

Zarchava
Zarchava kuchli antioksidant hisoblangan kurkuminning koni ekani bilan ham o‘ziga xosdir. Kurkumin qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishi, og‘riqni bosib, osteoartritdagi yallig‘lanishni yengillashtirishi, teri ahvolini yaxshilashi mumkin. Ammo kurkumin qonga oson singmagani sabab uni yog‘li ovqat bilan iste’mol qilgan yaxshi.

Kardamon
Kardamon tarkibida virus va mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan limonen, terpineol, sineol va armidon mavjud. Ushbu moddalar immunitetni mustahkamlaydi, organizmni virus va kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalardan himoya qiladi. Qolaversa, kardamon saratonning oldini olishi mumkinligi haqidagi fikrlar ham yo‘q emas.

Boshqa ziravorlardan farqli ravishda, ushbu mahsulot oshqozon shilliq qavatini zararlamaydi. Shu sababdan ham sharq tabobatida asrlar davomida oshqozon va ichak trakti kasalliklarini davolashda undan samarali foydalanilgan. Shunga qaramasdan, oshqozonida muammo bo‘ladigan kishilarga o‘zboshimchalik qilmay, birinchi bo‘lib shifokor ko‘rigidan o‘tish va ko‘rsatmalarga binoan chora-tadbirlar olib borish tavsiya qilinadi.

Mazkur ziravor antioksidant, A, C va E vitaminlarining koni hisoblanadi. Tarkibidagi faol birikmalar organizmdagi yallig‘lanish jarayonlariga ta’sir qiladi, erta qarishni sekinlashtiradi, ajin tushishining oldini olib, terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.

Qalampirmunchoq
Qizdirish xususiyatiga ega ekani sabab ham qalampirmunchoq qishki ichimlik glintveynning ajralmas qismi hisoblanadi. Bakteriyalarga qarshi samarali hisoblangan qalampirmunchoq organizmdan toksinlarni chiqarib, immunitetni yaxshilaydi. Qon aylanishini me’yorlashtirib, nafas yo‘llarini tozalaydi. Ammo gipertoniya va gastritdan aziyat chekadigan insonlarga uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Arpabodiyon
Arpabodiyon yallig‘lanishga qarshi, dezinfeksiyalovchi xususiyatga ega ekani va haroratni tushirishi bilan ham o‘ziga xosdir. Shamollashda ayni muddao hisoblangan ziravordan tayyorlangan damlama ich qotishi va og‘riqlarda yaxshi foyda beradi. Ammo hazm jarayoni bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekadiganlar hamda homiladorlarga arpabodiyonni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qish mavsumida salomatlikni mustahkamlab, qizdiruvchi xususiyatga ega ziravorlar