22:48 / 06.01.2022
1 795

Quyultirilgan sut, palma yog‘i va voz kechish shart bo‘lmagan «zararli» mahsulotlar

Quyultirilgan sut, palma yog‘i va voz kechish shart bo‘lmagan «zararli» mahsulotlar
Foto: «Domashniy ochag»
Qanchalar sevib iste’mol qilinmasin, organizm uchun zararli bo‘lgan mahsulotlardan voz kechish kerak. Ammo ularning sog‘liq uchun ko‘pchilikka noma’lum foydali jihatlari ham bo‘lishi mumkin.

Muzqaymoq
Kam miqdorda shakar va turli bo‘yoqlarsiz tayyorlangan muzqaymoq suyaklarni mustahkamlovchi – kalsiy va fosfor, qon ivishining oldini oladigan A, B, C, D, E va K vitaminlari tufayli foydali mahsulotga aylanadi va hattoki vazn kamaytirishga yordam beradi. Chunki sovuq mahsulotlar iste’mol qilinganda, tana avvalgidan ko‘ra ko‘proq harakatlanadi va kaloriya sarflanadi.

Quyultirilgan sut
E’tibor berish kerak bo‘lgan eng muhim narsa – sevimli shirinlik tarkibidir. O‘simlik yog‘isiz, faqat sut va shakardan tayyorlangan mahsulotning bir necha osh qoshig‘i kalsiyning kerakli darajasini saqlab qolishga yordam beradi. Shunday ekan, sevimli shirinlikdan voz kechishning keragi yo‘q, u ham foydali mahsulotlar qatorida ratsionga kiritilishi mumkin.

Palma yog‘i
Albatta, tarkibida palma yog‘i bo‘lgan qandolat mahsulotlaridan shifokorlar hali ham voz kechishni maslahat beradi. Ammo salat va yaxna taomga qo‘shiladiganlari juda foydali. Uning tarkibidagi tokotriyenollar insult va miya shikastlanishi xavfini kamaytirishga yordam beradigan birikmalar mavjud. Bundan tashqari, palma yog‘i ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘p miqdordagi A vitaminini o‘z ichiga oladi.

Saqich
Saqich zararli bakteriyalar va oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlashga yordam beradigan so‘lak ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va shu tufayli tish salomatligida alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, saqich metabolizmni yaxshilashga va vazn kamaytirishda ham qo‘l keladi. Asosiysi, saqichning shakarsiz turini tanlash kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Quyultirilgan sut, palma yog‘i va voz kechish shart bo‘lmagan «zararli» mahsulotlar