Supermarketlardan xarid qilinadigan mahsulotlarning barchasi ham salomatlik uchun foydali emas. Yana qanday mahsulotlarni supermarketlardan xarid qilmaslik kerakligi haqida nutritsiolog Anna Drobisheva RIA Novostiga ma’lum qildi.
Mutaxassis birinchi navbatda pasterizatsiyalangan sut va rafinadlangan yog‘larga e’tibor qaratishni ta’kidladi.
“Pasterizatsiya jarayoni (ya’ni oziq-ovqat mahsulotlarini zararli mikroblardan saqlash uchun 100 gradusdan yuqori bo‘lmagan temperaturada qizdirish) sut oqsilini o‘zgartiradi, organizmimiz uni tanimagani uchun hujum qiladi. Aynan pasterizatsiya tufayli 75% aholi laktozani hazm qilmaydi. Rafinadlangan va dezodoratsiyalangan (yog‘ning badbo‘y hidini yo‘qotish), bunday yog‘lar kuchli kanserogen hisoblanadi. O‘z molekular strukturasiga ko‘ra plastikni eslatadi. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilish aterosklerozga olib keladi”, deya ta’kidlaydi mutaxassis
Bundan tashqari shifokor shakarli yogurt tarkibida kletchatkalar bo‘lmagan tez tayyorlanadigan bo‘tqalarni xarid qilmaslikni ham tavsiya qildi, chunki ular semirish va diabetga olib kelishi mumkin.
“Shakarli yogurtlar. JSST tavsiyasiga ko‘ra, kunlik normada 25 gramm shakar salomatlik uchun bezarar hisoblanadi. Shakarli yogurtda esa 19 gramm shakar bor. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilish ortiqcha vazn hamda diabetga olib keladi. Tez tayyor bo‘ladigan bo‘tqalar yormasida organizmni zararli moddalardan tozalaydigan kletchatka yo‘q. Ular ishtahani yaxshilaydi, organlar va tomirlarga zarar keltiradi va teri qarishini tezlashtiradi”.
“Tovuq go‘shti. Tovuq go‘shti arzon bo‘lishi uchun ishlab chiqaruvchilar ularni gormonlar va antibiotiklar bilan boqadi. Shuningdek, tovuq go‘shti muzlatilgan holatda ham tirik qolishi mumkin bo‘lgan patogen mikroorganizmlar uchun qulay muhit. Qadoqlangan sharbatlar. Bunday mahsulotlarda tabiiy mevalar haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Ular aslida bo‘yoqlar, shakar va konservantlar aralashmasidir”, deydi shifokor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi