
Foto: Pinterest
Bel aylanasining oʻlchamini aniqlash va ortiqcha vazn uchun jarimalar haqida gapirish shunchaki gap boʻlib qoldi, ammo salomatlikka gʻamxoʻrlik qilish hamisha muhim. Rostini aytganda, qorinda yogʻ toʻplanishining oldini olish keyinchalik u bilan kurashishdan koʻra osonroqdir. Umuman olganda, kiyimlarning sigʻmay qolishi va oshqozonning kengayishiga sabab boʻladigan sevimli taomlardan cheklanish orqali ortiqcha vaznni kamaytirish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish
Bunga nafaqat stress va uyqu buzilishini misol qilish mumkin, balki har bir Facebook va Instagram ishqibozi ertami-kech duch keladigan masala mavjud. 2021 yili Garvardning Health blogida chop etilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, kuniga bir soatdan koʻproq vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazadiganlarda semirib ketish ehtimoli 57 foizga koʻproq. Buning sababi boshqalarning oʻzgartirilgan qiyofasi aks etgan suratlarini tomosha qilishdir. Bu kabi yolgʻonlarga aldanib vaqt sarflamasdan, raqamli detoks tashkil qilish foydaliroq.
Koʻp sharbat ichish
Agar sharbatlar yangi sabzavot va mevalarning oʻrnini bosadi deb hisoblasangiz, unda siz uchun yomon xabar bor. Sharbatlar sogʻliq uchun asosiy foyda keltiradigan kletchatkani oʻz ichiga olmaydi, chunki u shakar bilan toʻla boʻlib, darhol soʻriladi va organizmga haqiqiy insulin zarbasini beradi. Kuniga ikki stakan sharbat yurak xuruji xavfini 150 foizga oshiradi. Bu hazil emas. Ha, sharbatlar vaznga salbiy ta'sir qiladi, shuning uchun bir stakandan asta-sekin kamaytirib borish va yaxshisi, faqat olma iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Sport bilan shugʻullanmaslik
Albatta, vazn yoʻqotishda parhezga tayanish mumkin, ammo unga muntazam jismoniy faoliyat qoʻshilsa, jarayon ancha tez va samaraliroq boʻladi. Mushaklarni chiqarish uchun organizmga koʻproq energiya kerak va shuning uchun kichik jismoniy faoliyatdan keyin ham metabolizm tezroq ishlaydi va yogʻlar faolroq eriydi. Shu jumladan, oshqozonda ham hazm jarayoni faollashadi.
Notoʻgʻri ovqatlanish
Qorin ochmagan holatda ham ovqatlanish kerak, bu ham bir qoida. Oziq-ovqatning odatdagi qismisiz organizm darhol metabolizmni sekinlashtiradi. Navbatdagi ovqatlanish jarayoni qachon boʻlishi noma'lum. Tushlik yoki nonushtani oʻtkazib yuborish bu ozishga emas, balki semirishga olib keladi.
Gazlangan ichimlik ichish
Ayniqsa, shirin ta'mdagisini. Biroq shakarsiz degani kaloriyasiz degani emas. Sun'iy ta'm beruvchi qoʻshimchalar bilan ichimliklar semirish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, diabet va yurak kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Yaxshisi, oddiy suv ichish tavsiya etiladi.
Suyuqlikni etarli miqdorda ichmaslik
Qanchalik kam suv ichilsa, vazn bilan bogʻliq muammolar shunchalik koʻp boʻladi. Namlikni etarli darajada olmagan holda, organizm bor kuchini saqlab qolishga intiladi va shish yuzaga keladi. Bu vazn oshishiga olib keladi va tarozining oʻqini oldinga suradi. Koʻp emas, bir yoki ikki kilogramm vazn tashlashni istaganlar, kuniga 8 stakan suv ichib, hayratlanarli natijaga erishishi mumkin.
Juda koʻp ishlash
Mehnat qilishdan yaxshi narsa yoʻq, ammo stress, oila bilan qiyin munosabatlar, yurak-qon tomir tizimining kasalliklari, soʻngra paydo boʻladigan qoʻshimcha kilogrammlar, ayniqsa, oʻtirib ishlaganda yuzaga keladi. Agar ish soatini kamaytirishning imkoni boʻlmasa, hech boʻlmaganda sogʻlom boʻlishga imkon bor. Gimnastika uchun har soatda kichik tanaffuslar qilish, ofis stulini fitness toʻpi bilan almashtirish va tushlik tanaffusida ozgina sayr qilish organizm uchun juda foydali. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar