19:30 / 12.03.2022
2 268

Xona sharoitida o‘stirish mumkin bo‘lgan meva va sabzavotlar

Xona sharoitida o‘stirish mumkin bo‘lgan meva va sabzavotlar
Agar tomorqangiz bo‘lmasa-yu, lekin o‘z qo‘llaringiz bilan biror narsa yetishtirishni xohlasangiz, quyidagi ma’lumotlar siz uchun foydali bo‘ladi.

Avokado

Foto: «Domashniy ochag»
Avakadoning mitti navlari xona sharoitida ham yaxshi o‘sadi. Avokadoni danagidan ham o‘stirish mumkin, lekin bu jarayon uzoq davom etadi va har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi — ko‘pincha bunday o‘simliklar meva bermaydi, faqat yashilligi bilan egasini quvontiradi.

Agar ko‘chatini sotib olgan bo‘lsangiz, bu boshqa gap. Ko‘chatni sirlanmagan sopol idishga ko‘chiring — u o‘simlik ildizidan kamida 25 sm kengroq va 2 barobar chuqurroq bo‘lishi kerak. Tuproq qisman qumdan iborat bo‘lsin. Avokadolarni muntazam sug‘orib turing, tez orada mehnatingiz samarasini ko‘rasiz.

Sabzi

Foto: «Domashniy ochag»
Sabzi juda chidamli o‘simlikdir. Urug‘larni o‘stirish uchun har qanday chuqur idish yoki konteyner to‘g‘ri keladi. Idishni qumli, o‘g‘itli tuproq bilan to‘ldiring va urug‘larni 3-5 sm oraliqda eking. Nihol davrida tuproq har doim nam bo‘lishi kerak. Nihollarning balandligi 5 sm ga yetganda, zaif, yomon rivojlanganlarini olib tashlab, ko‘chatlarni siyraklating.

Loviya

Foto: «Domashniy ochag»
Binoning quyoshli tomonidagi balkonlarda loviya yaxshi o‘sadi. Bahor loviya ekish uchun eng yaxshi vaqt, harorat hali juda issiq bo‘lmaydi. Loviyani tuproqqa, taxminan, 2,5 sm chuqurlikda, bir-biridan 15 sm masofa uzoqlikda eking. Loviya — tirmashib o‘sadigan o‘simlik. Tuvak asosiga qulay bo‘lishi uchun yog‘och panjara o‘rnating.

Pomidor

Foto: «Domashniy ochag»
Kvartirada pomidor yetishtirish uchun o‘rta navlar mos keladi — roma yoki cherri kabi. Odatda o‘simliklar vertikal jo‘yaklarga ekiladi. Ammo yana bir variant bor — osib qo‘yiladigan bezakli idish. Pomidor quyosh nurini yaxshi ko‘radi — meva pishishi uchun o‘simlik kamida 12 soat quyoshda bo‘lishi kerak.

Limon

Foto: «Domashniy ochag»
Yorqin sariq mevalar bilan qoplangan yashil daraxt har qanday interer uchun ajoyib bezakdir. Bundan tashqari, gullagan limon xushbo‘y hid chiqaradi. Limon urug‘ini o‘stirish va parvarish qilish ko‘p e’tibor talab qilishi mumkin, ammo natija bunga arziydi.

Yejevika

Foto: «Domashniy ochag»
Yejevika butasiga juda ko‘p joy kerak bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday tajribalar katta balkon yoki lojali kvartiralarda amalga oshiriladi. Ko‘chatlar neytral yoki kislotali tuproqda yaxshi o‘sadi (pH 5-7). O‘simlikka yaxshi sug‘orish tizimi va ko‘p quyosh nurlari kerak. Yejevika muntazam ravishda sug‘orilishi lozim. O‘simlik juda ko‘p mehnat talab qiladi, ammo natija albatta xursand qiladi. Yejevika vitaminlar va fermentlarga boy noyob rezavor meva hisoblanadi.

Golubika

Foto: «Domashniy ochag»
O‘simlik ko‘chatini kislotali (pH 4-5), yaxshi quritilgan tuproqqa ko‘chiring va tuvakni quyoshli joyga qo‘ying. Butalarga katta idish kerak bo‘ladi — kengligi kamida 45 sm, chuqurligi, taxminan, 50 sm. Muntazam sug‘orish va to‘g‘ri parvarish qilsangiz, o‘simlik tez orada birinchi mevalari bilan xursand qila boshlaydi.

Qulupnay

Foto: «Domashniy ochag»
Qulupnayni urug‘dan yetishtirish juda qiyin. Uyda o‘stirish uchun tayyor va yaxshi rivojlangan ko‘chatlarni sotib olgan ma’qul. O‘simliklarga keng quti (qulupnay keng joyni yaxshi ko‘radi) va yengil, unumdor tuproq kerak bo‘ladi. Qaysi navni sotib olganingizga qarab, parvarish qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar farqlanadi. Shartlar oddiy — muntazam sug‘orish, yetarli quyosh nuri, tuproqni o‘g‘itlash va mehr bilan parvarishlash.

Xona sharoitida1, O‘stirish mumkin1, Meva va sabzavot1, Qulupnay1, Pomidor1, Limon1, Sabzi1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xona sharoitida o‘stirish mumkin bo‘lgan meva va sabzavotlar