
O‘zbekistonda endi masofaviy elektron to‘lovlar uchun keshbek to‘lovi joriy etiladi, deb xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasi.
Endilikda:
- to‘lov tashkiloti;
- tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali);
- elektron tijorat platformalari – «marketpleys»larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi.
Soliq organlari axborot tizimlari bilan elektron to‘lovlar (PAYNET, OSON, PAYME, CLICK, APELSIN va boshqalar) integratsiyasining ijobiy natijalariga ko‘ra xaridlar elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilganda QR-kodli chek shakllanyapti.
Agar iste’molchi keshbek tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u holda marketpleyslar orqali amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi «Soliq» mobil ilovasida avtomatik tarzda aks etadi.
Shuningdek, keshbek olish uchun elektron chekdagi QR-kodni skanerlash imkoni ham mavjud.
Avtomobil, avia va temiryo‘l chiptalari xarid qilinganda, kommunal va aloqa xizmatlari uchun to‘lov qilinganda keshbek to‘lanmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar