Hukumatning «Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik sub’ektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.
Nizomga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 31 dekabrga qadar gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik xo‘jaliklariga ular xarajatlarining 100 mln. so‘mdan oshmagan qismining 20 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi.
Qayd etilishicha, talabgorlar subsidiya olish uchun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining my.vetgov.uz sayti va YAIDXP orqali hududiy «Chorvanasl» markazi tuman vakiliga ariza bilan murojaat qilish kerak.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha shartnomasi, hisob-faktura hujjatlari nusxasi;
- agar uskunalar import qilingan bo‘lsa, bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi.
Subsidiya berilgan arizaga asosan keyingi oyning 25-sanasiga qadar ajratiladi va subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi