Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul miqdori 36,9 trln so‘mga teng bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank statistikasidan ma’lum bo‘ldi.
So‘nggi vaqtlarda bankomatlarda naqd pullar yetishmasligi ortidan Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilayotgan naqd pullar hajmi oydan oyga ortib bormoqda.
Muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldig‘i aprel oyida 5,3 trln so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, may oyida 3,7 trln so‘mga ko‘paygan va natijada 1 iyun holatiga ko‘ra, qariyb 37 trln so‘mga yetgan.
Shu tariqa muomaladagi naqd pul miqdori 2013 yildan beri rekord darajaga yetdi. Statistika aynan shu yildan boshlab keltirilgan.
Keng ma’nodagi pul massasi rekord darajada ko‘payib, (+13,3 trln so‘m) 158,5 trln so‘m bo‘lgan.
Shuningdek, milliy valyutadagi jami pul massasi 6,9 trln so‘mga oshib, 108,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Chet el valyutasidagi depozitlar rekord darajada ko‘payib, 50 mlrd so‘mdan oshib ketgan.
Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
- Bu, asosan, aholi tomonidan pul o‘tkazmalari va bir martalik ijtimoiy yordam pullarining may oyida to‘lanishi bilan izohlanadi, — deydi Markaziy bank.
Xususan, so‘nggi besh oyda banklar tomonidan aholidan chet el valyutasini sotib olish va uni aholiga sotish o‘rtasidagi ijobiy tafovut 1,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Markaziy bank, shuningdek, bahor oxirida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi keskin oshganini ta’kidladi — agar ilgari bu ko‘rsatkich oyiga 500 million dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, aprel—may oylarida 1,3 milliard dollarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi