
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 21 iyun, seshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini yana tushirdi.
Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 10 920 so‘mdan sotib olishni, 10 985 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 11 mart kuni 11 ming so‘mdan oshib ketgandi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21 iyundan amalda bo‘ladigan qiymatini belgilagan. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,91 so‘mga pastlab, 10 928,12 so‘mni tashkil qilmoqda.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
NBU: sotib olish — 10 920 so‘m, sotish — 10 985 so‘m;
«Hamkorbank»: sotib olish — 10 920 so‘m, sotish — 10 985 so‘m;
«Davrbank»: sotib olish — 10 960 so‘m, sotish — 10 985 so‘m;
«Turonbank»: sotib olish — 10 910 so‘m, sotish — 10 985 so‘m;
«Tengebank»: sotib olish — 10 920 so‘m, sotish — 10 980 so‘m;
«Kapitalbank»: sotib olish — 10 940 so‘m, sotish — 10 980 so‘m. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar