
Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 37,9 foiz.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Rossiya – 25,7 foiz;
- Braziliya – 11,6 foiz;
- Belarus – 4,3 foiz;
- Pokiston – 3,2 foiz;
- boshqa davlatlar – 17,3 foiz.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 101 mamlakatdan oziq-ovqat mahsulotlari importi amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yil mos davrida 94 tani tashkil etgan.
Bundan oldin O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 5 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olgani xabar berilgandi.
2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 2,7 mlrd dollar.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2,3 mlrd dollar va 1,3 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar