Markaziy bank eski namunadagi 5, 10, 50 va 100 ming so‘mliklarni tabiiy yo‘l bilan faol ravishda yig‘ishtirib olishga shoshilmayotgani bo‘yicha ham izoh berdi.
Yirik nominaldagi banknotlarning muomalaga chiqarilishining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga, xususan inflyatsiya darajasiga umuman ta’siri yo‘q, deya 200 ming so‘mlik banknot yuzasidan qo‘shimcha izoh berdi O‘zbekiston Markaziy banki.
Regulyatorning qayd etishicha, inflyatsiya tovar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi (oshishi yoki pasayishi) bilan o‘lchanadi, pul massasi yoki muomaladagi naqd pullar hajmi, ularning nominali bilan emas.
“Bu amaliyot faqat ish samaradorligini oshirish, to‘lovlarni amalga oshirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan bo‘lib, soddaroq aytganda Markaziy bank tomonidan 2 ta 100 000 so‘mlik yoki 4 ta 50 000 so‘mlik o‘rniga 1 dona banknot – 200 000 so‘mlikni muomalaga chiqaradi”, – deyiladi MB matbuot xizmati axborotida.
Bugun, 15 iyuldan 200 ming so‘mlik kupyura chiqarilgach, muomaladagi qog‘oz pullarning turlari soni 12 taga yetdi. Kun.uz'ning eski namunadagi pullarni almashtirish sekinlik bilan olib borilayotgani haqidagi savoliga Markaziy bankda quyidagicha javob berildi:
“Eski namunadagi 50 000 va 100 000 so‘mliklar muomalada qoldirilishiga sabab, ularni qisqa muddat ichida muomaladan yig‘ib olish hamda o‘rniga yangilarini kiritish – birinchidan, katta xarajat talab etadi, ikkinchidan aholi uchun turli noqulayliklar, ovoragarchiliklarni, e’tirozlarni keltirib chiqaradi.
Jahon amaliyotida ham yangi seriyadagi banknotlar muomalaga kiritilganda eskilari bilan parallel ravishda muomalada yurishi va ular tabiiy yo‘l bilan, ya’ni muomalada yurishi davrida eskirib qolganlarigina sekinlik bilan muomaladan qaytarib olinishi qulay va optimal yechim hisoblanadi”. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi