
Shavkat Mirziyoyev «2022—2030 yillarda uran qazib olish, qayta ishlash hajmini oshirish va ‘Navoiyuran’ davlat korxonasini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2022—2030 yillarda uran qazib chiqarishni 2 barobarga – yiliga 7,1 ming tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Hujjatda, shuningdek, 2022—2030 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini faollashtirish hisobiga uran zaxiralarining o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari — 4,7 ming tonnadan 10,5 ming tonnagacha tasdiqlandi.
Yiliga 7,1 ming tonna uran qazib chiqarish ko‘rsatkichiga erishsa, O‘zbekiston uran qazib chiqaruvchi davlatlar orasida Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin.
MAGATE ma’lumotlariga asosan, hozirda O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yettinchi, qazib olish bo‘yicha esa beshinchi o‘rinda turadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar