21:30 / 21.07.2022
1 430

Markaziy bank raisi 200 000 so‘mlik muddatidan oldin chiqarilishi sababini aytdi

Markaziy bank raisi 200 000 so‘mlik muddatidan oldin chiqarilishi sababini aytdi
O‘zbekistonda 200 ming so‘mlikni 2024 yildan muomalaga chiqarish rejalashtirilgandi. Ammo ma’lum sabablarga ko‘ra, mazkur qiymatdagi banknota shu yilning 15 iyulidan muomalaga kiritildi. Bugun, 21 iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi, deya xabar qilmoqda «Daryo» nashri.

Mamarizo Nurmurodovning ta’kidlashicha, 200 ming so‘mlik banknotasni erta muomalaga chiqarishdan maqsad odamlarga qulaylik yaratishdan iborat.

«200 000 so‘mlik pulni chiqargan bilan inflyatsiyani to‘xtatib bo‘lmaydi. Va buni inflyatsiyani to‘xtatish yoki bankomatlar uchun chiqarganimiz yo‘q. Asosiy maqsadimiz — odamlarga qulaylik yaratish. Umum e’tirof etilgan naqd pulni o‘z qoidalari bor: eng yirik banknotadagi pul o‘rtacha oylikning kamida 30-40 foiziga teng bo‘lishi kerak. Ayrim davlatlarda bu ko‘rsatgich 50 foizni tashkil etadi.

Odamlarimizning o‘rtacha xarid summasi qancha bo‘lyapti? Hozir o‘rtacha xarid summasi 200-300 ming so‘m, 500 ming so‘mdan oshayotgan holatlari ham bor. Biz buni segmentlar bo‘yicha o‘rganamiz — dehqon bozorlari, bozor komplekslari... Xuddi o‘sha o‘rganishlarimiz 200 ming so‘mlikni kutib o‘tirmasdan avvalroq chiqarishga asos bo‘ldi
», —dedi regulyator rahbari.

Mamarizo Nurmurodovning qo‘shimcha qilishicha, 200 ming so‘mlik chiqarilishi muomaladagi pullar soni kamayishiga xizmat qiladi.

«Biz muomaladagi jami banknotalari sonini ham monitoring qilib boramiz. Naqd pul banknotalari soni ikki yil avval jon boshiga 370 donaga to‘g‘ri kelar edi. Bugun esa bu sonni 70 dona atrofiga tushirdik. Bundan maqsad odamlarga qulaylik yaratish. Chegaralash yoki boshqa maqsadlar yo‘q», — dedi Markaziy bank raisi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank raisi 200 000 so‘mlik muddatidan oldin chiqarilishi sababini aytdi