18:30 / 09.09.2022
1 324

BAA kompaniyalari Talimarjon IESga qariyb 1 mlrd dollar sarmoya kiritmoqda

BAA kompaniyalari Talimarjon IESga qariyb 1 mlrd dollar sarmoya kiritmoqda
Foto: Dunyo
Bugun Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Mubadala va TAQA kompaniyalari Talimarjon IESga keng ko‘lamli investitsiyalar kiritishini nazarda tutuvchi bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Imzolangan bitimlar Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini boshqaradigan qo‘shma korxona tashkil etishni nazarda tutadi. BAA kompaniyalari investitsiyalari qo‘shma korxona 300 million dollarlik ustav kapitalidagi 80 foiz ulushi uchun to‘lov hamda ilgari "Talimarjon IES" AJ tomonidan jalb qilingan taxminan 700 million dollarlik kreditlarni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan iborat. Shu tariqa, BAA kompaniyalari Talimarjon IESga deyarli 1 milliard dollar sarmoya kiritmoqda.

Imzolangan bitimlar BAA kompaniyalari uchun Talimarjon IES va boshqa issiqlik elektr stansiyalarini elektr energiyasi ishlab chiqarish kombinatsiyalashgan sikli eng zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan jihozlash orqali ular ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qo‘shimcha investitsiyalar kiritish imkoniyatini beradi. Qurilmalar tabiiy gazdan foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligi koeffitsiyenti va atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar darajasi bo‘yicha an’anaviy bug‘ elektr stansiyalaridan bir necha baravar ustun. Kelishuvlarni amalga oshirish Talimarjon IES texnologik darajasi va ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi, aholi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish ob’ektlarni barqaror va sifatli elektr toki bilan ta’minlaydi.

Hamkorlik navbatdagi bosqichi doirasida BAA kompaniyalari "Talimarjon IES" AJda qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga investitsiyalar kiritadi. Strategik energetika sanoatiga chet el investitsiyalari faol jalb qilinishi yirik infratuzilma aktivlarini tashqi qarz olish yo‘li bilan moliyalashtirish an’anaviy yondashuvini to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga o‘zgartirishga imkon beradi va respublika tashqi qarzi bilan bog‘liq moliyaviy barqarorlikni, suveren kredit reytingi izchil yaxshilanishini ta’minlaydi.

Mubadala Abu-Dabi hukumatiga tegishli bo‘lgan va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan investitsiya kompaniyasi. Kompaniya investitsiya portfeli aerokosmik, agrobiznes, AKT, metallga ishlov berish, tog‘-kon sanoati, kommunal xizmatlar kabi sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga oladi. Kompaniya umumiy aktivlari 250 milliard dollardan oshadi.

TAQA - ADQ investitsiya xoldingiga tegishli bo‘lgan va dunyo 11 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadigan energetika sohasidagi kompaniyadir. Kompaniya aktivlari umumiy qiymati 80 milliard dollardan oshadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » BAA kompaniyalari Talimarjon IESga qariyb 1 mlrd dollar sarmoya kiritmoqda