date

Rossiya milliy valyutasi dollarga nisbatan kursini mustahkamladi

Rossiya milliy valyutasi dollarga nisbatan kursini mustahkamladi

Moskva birjasi savdolarida Rossiya rublining dollarga nisbatan birmuncha qadrini tiklagani qayd etildi. Moskva vaqti bilan soat 10:10da Amerika valyutasi 64,98 rublga baholandi. Bunda 1 evro uchun 73,77 rubl berishgan, deb yozmoqda "Kun.uz" nashri.

Albatta, keyinchalik dollar o‘z nisbatini qaytarib, 65,17 rublgacha ko‘tarilgan. Shunga qaramay, Amerika valyutasi kunlik savdolarda 1,60 rublga arzonlashgan. Rossiya valyutasi jahon neft bozorida narxlarning ko‘tarilishi barobarida o‘z qadrini mustahkamlamoqda. Londonning ICE birjasida Brent markali bir barrel neft 46,43 dollardan sotilmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, Amerika neft zaxiralari 1,1 million barrelga kamaygani to‘g‘risidagi xabarlar neft bozori jonlanishiga sabab bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya milliy valyutasi dollarga nisbatan kursini mustahkamladi