21:55 / 25.10.2022
1 620

Rossiya O‘zbekistonga “Coca-Cola” muqobilini yetkazib berishni boshladi

Rossiya O‘zbekistonga “Coca-Cola” muqobilini yetkazib berishni boshladi
Rossiyaning “Ochakovo” kombinati O‘zbekistonga “CoolCola”, “Fancy” va “Street” gazlangan ichimliklarini eksport qilishni boshladi.
2022 yil oktabr oyida “Ochakovo” O‘zbekiston va Qozog‘istonga “CoolCola”, “Fancy” va “Street”ning birinchi partiyasini jo‘natdi”, - deya kompaniya xabarini keltirgan PRAYM agentligi.

Aniqlik kiritilishicha, bu ichimliklar O‘zbekistonga 0,33 litr hajmli alyuminiy idishlarida yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda ular respublikaning butun hududi bo‘ylab ulgurji va chakana savdo joylarida sotilmoqda. Yaqin kunlarda “Ochakovo” ichimliklarini O‘zbekistonning "Korzinka", "Makro", "Aziya" kabi yirik savdo tarmoqlariga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Eksport bozorlarining rivojlanishi Rossiya bilan bir vaqtda davom etadi. Biz juda ijobiy sur’atlarni ko‘ryapmiz va bu yo‘nalishga sarmoya kiritishga tayyormiz", — dedi "Ochakovo" bosh direktori Yuriy Antonov.

“CoolCola”, “Fancy” va “Street” Rossiyada faoliyatini to‘xtatishini e’lon qilgan Amerikaning “Coca-Cola”, “Fanta” va “Sprite” ichimliklari muqobillaridir. Ularni ishlab chiqarish mart oyidan boshlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya O‘zbekistonga “Coca-Cola” muqobilini yetkazib berishni boshladi
ePN