18:18 / 02.11.2022
960

O‘zbekiston valyuta birjasida ilk bor fyuchers shartnomalar bo‘yicha bitimlar tuzildi

O‘zbekiston valyuta birjasida ilk bor fyuchers shartnomalar bo‘yicha bitimlar tuzildi
2022 yil 1 noyabr kuni O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) savdo platformasida ilk bor valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan bitimlar tuzildi.

Valyutaviy fyuchers shartnomalari «Asakabank» va «Qishloq qurilish banki» bilan tuzilgan. Shartnomalarning muddati joriy yilning noyabr oyida tugaydi. Keyin esa xaridor valyutani bitim tuzilgan kundagi narxda sotib oladi.

Bazaviy aktivi AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursi bo‘lgan fyuchers shartnomalari bilan savdolar O‘zRVB tomonidan ishlab chiqilgan (in-house) yangi elektron savdo platformasida tashkil etilgan.

Avvalroq O‘zRVBda birja valyuta bozori ishtirokchilari o‘rtasida valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan test savdolari bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston valyuta birjasida ilk bor fyuchers shartnomalar bo‘yicha bitimlar tuzildi