
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo operatsiyalari hisob-kitoblarining qariyb 60 foiz allaqachon milliy valyutalarda amalga oshirilyapti, O‘zbekiston bu jarayonni faollashtirishga tayyor. Bu haqda mamlakat Markaziy banki raisi Mamarizo Normurotov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik
“Eksport-importdagi hisob-kitoblarning taxminan 57 foizi allaqachon rubl va so‘mda amalga oshirilmoqda”, - dedi Normurotov Samarqanddda xalqaro iqtisodiy forumidoirasida.
Shuningdek, MB raisi O‘zbekiston bu jarayonni “Aziya-Invest bank” ko‘magida faollashtirishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
“Aziya-Invest bank” AJ – “Tashqi iqtisodiy faoliyat O‘zbekiston milliy banki” AJ ning Rossiyadagi sho‘’ba banki hisoblanadi. U ikki mamlakat moliya-bank sohasida milliy kapitaldan foydalanishning ilg‘or shakllarini rivojlantirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvaloq Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitobda milliy valyutalar ulushini oshirishi xabar qilingan edi. Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi SHHT sammiti doirasida imzolagan keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘zda tutilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar