date

Davlat raqobat qo‘mitasi UZPAYNETni narxlar bo‘yicha diskriminasiyada aybladi

Davlat raqobat qo‘mitasi UZPAYNETni narxlar bo‘yicha diskriminasiyada aybladi

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi UZPAYNET kompaniyasi tariflarini o‘rgandi va narxlardagi diskriminasiyani aniqladi. Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, alohida operatorlar bilan munosabatlarda diskriminasiyaga yo‘l qo‘yilgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, kompaniyaning internet va boshqa xizmatlar uchun qabul qilgan to‘lovlar miqdori o‘rtacha 10 foizni tashkil qilgan (4,5 foizdan 15 foizgacha). Mobil xizmatlar uchun qabul qilingan to‘lovlar miqdori esa 4,5 foizdan oshmagan.

Qo‘mita UZPAYNET kompaniyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi ish ochgan. Kompaniyaga raqobat qonunlarini buzishni to‘xtatish ko‘rsatma qilingan.

Xabarda aytilishicha, UZPAYNET monopoliyaga qarshi kurashuvchi qo‘mita talablarini bajargan va narxlar siyosatini qayta ko‘rib chiqqan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Davlat raqobat qo‘mitasi UZPAYNETni narxlar bo‘yicha diskriminasiyada aybladi