1 068
Peterburg o‘zbek meva-sabzavotlari yetkazib berilishi ko‘paytirilishidan manfaatdor
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri sifatli O‘zbekiston meva-savzavotlarining yetkazib berilishi ko‘paytirilishidan manfaatdor. Bu haqda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Toshkentdagi uchrashuvda tomonlar Sankt-Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.
Aleksandr Beglov Peterburg korxonalari tibbiyot-farmatsevtika, mebel va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni tashkillashtirish va kengaytirishga tayyorligini bildirgan.
O‘z navbatida, Rossiyaning shimoliy poytaxti sifatli meva-sabzavotlar yetkazib berilishi ko‘payishidan manfaatdor.
“Buning uchun Peterburgda O‘zbekiston Respublikasi mahsulotlariga mo‘ljallangan ulgurji-taqsimlovchi markazlar tarmog‘ini tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda”, - deyiladi Sankt-Peterburg meriyasi xabarida.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakat 760,2 mln dollarlik meva va sabzavot eksport qilgan. Shu davr mobaynida Rossiya O‘zbekistondan 380 ming tonna meva va sabzavot xarid qilgan va asosiy importchi davlatlar orasida Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”