Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdoni osonlashtirish Strategiyasi tasdiqlandi, Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini shakllantirish to‘g‘risidagi Bitim imzolanadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Samarqandda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
«Turkiy dunyoning iqtisodiy mezoni hamkorlikning lokomotivi va xalqlarimiz farovonligining asosi bo‘lishi lozim. Mamlakatlarimizning yetakchi sanoat korxonalari, investitsiya kompaniyalari, bank va moliya institutlari hamda tadbirkorlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, samarali mintaqaviy hamkorlikni qurish zarur.
Oldimizda mintaqalararo savdo sohasida jiddiy ishlarni amalga oshirish vazifasi turibdi», — dedi Vladimir Norov.
Qayd etilishicha, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi Tashkilotga a’zo davlatlarning 970 milliard dollardan ortiq umumiy tovar aylanmasi hajmining 3 foizidan kamrog‘ini (21 milliard doll.) tashkil etadi.
«Bu ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirishni hammamiz xohlaymiz. Ishonchim komilki, biz birgalikda bu maqsadga erishamiz», — ta’kidladi vazir.
Norovning qo‘shimcha qilishicha, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida transport hamkorligi sohasidagi juda muhim hujjatlar – yuklarni xalqaro aralash tashish to‘g‘risidagi Bitim va transport sohasidagi bog‘liqlik Dasturi imzolanadi.
«Bosh maqsad – bizning quruqlik va dengiz portlarimizni jahon bozorlari bilan mustahkam bog‘laydigan yagona transport makonini shakllantirishdan iboratdir.
Birgalikda Transkaspiy «O‘rta yo‘lagi»ni kelajakda Tashkilot davlatlarining yagona transport tizimiga integratsiyalashuvi uchun platformaga aylantirishimiz mumkin.
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston, Termiz – Mozori-Sharif – Kobul –Peshovar yo‘nalishlari bo‘ylab temir yo‘llarning barpo etilishi va boshqa loyihalarning amalga oshirilishi umumiy turkiy transport makonining jozibadorligini kuchaytiradi» — dedi Vladimir Norov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari