Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Ko‘ksaroyda Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Davlat rahbaritadbirda nutq so‘zlab, o‘z nutqida O‘zbekistonning boy tabiiy resurslarini o‘zlashtirishda katta imkoniyatlar mavjud ekanini ta’kidlab o‘tdi.
— Xabaringiz bor, mamlakatimiz oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 2-o‘rin, mis bo‘yicha – 7-o‘rin, volfram bo‘yicha – 8-o‘rin, kumush bo‘yicha – 9-o‘rin, uran bo‘yicha – 12-o‘rinni egallaydi.
Foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish sohasiga yirik investitsiyalarni jalb etish maqsadida geologik ma’lumotlarni ochiq e’lon qildik.
10 dan ortiq turdagi strategik foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun soliq stavkalarini pasaytirdik, yer solig‘ini bekor qildik, maxsus texnikalarni bojxona to‘lovlaridan ozod etdik.
Biz xom ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha aniq loyihalarni tayyorladik, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari yig‘ilish davomida investorlarni amaliy hamkorlik qilishga da’vat etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”