Foto: Dunyo
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar vaziri Jamshid Xo‘jayev Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi investitsiya hamkorligini kengaytirish muhokama qilindi.
Tomonlar Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi negizida quvvati 1500 MVt bo‘lgan kombinatsiyalashgan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirilishini, Buxoro viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini o‘rganib chiqdi. Rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni jadallashtirish va barcha loyihalarni tezroq ishga tushirish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Kompaniya tomonidan O‘zbekistonda yangi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutgan holda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish ko‘rib chiqildi. Qoraqalpog‘istonda quvvati 1,5 GVtgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
Ushbu loyihalar O‘zbekiston hukumatining 2030 yilga borib shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini 30 GVtga yetkazishga qaratilgan mamlakat energetika balansini diversifikatsiya qilish dasturi bir qismi ekani ta’kidlandi. Loyihalarni amalga oshirish, chiqarilayotgan uglerod chiqindilarini yiliga 1,6 million tonnaga kamaytirishi va 2031 yilgacha mamlakat energiya quvvati 40 foizini qayta tiklanadigan energiyaga o‘tkazish maqsadlariga hissa qo‘shishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”