14:00 / 20.12.2022
990

2023 yilda O‘zbekiston eksporti hajmi tarixda ilk bor 23 mlrd dollardan oshadi

2023 yilda O‘zbekiston eksporti hajmi tarixda ilk bor 23 mlrd dollardan oshadi
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tyapti.

«2023 yilda tayyor mahsulotlar eksportini qo‘shimcha 4 milliard dollarga oshirish asosiy maqsadimiz bo‘ladi.

Bu yil boshlangan “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi o‘z samarasini bermoqda. Bir yilning o‘zida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi.

Kelasi yilda ham, eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettiriladi.

Yevropa bozorlariga tekstil, elektrotexnika, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshiramiz. Mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichli bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobarga qisqaradi.

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz.

Umuman, 2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi, 2018 yilda 14 milliard dollar bo‘lgan
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2023 yilda O‘zbekiston eksporti hajmi tarixda ilk bor 23 mlrd dollardan oshadi