Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2022 yil 30 dekabrda «Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Unga asosan, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 61,9 gektar maydonida zamonaviy «H» toifasidagi kombinatsiyalangan siklda ishlaydigan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi quriladi. Mazkur stansiya 2026 yilda ishga tushiriladi.
Loyiha doirasida foydali ish koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatish hisobiga yiliga 12 milliard kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va buning natijasida yiliga 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Obyekt qurilishi davomida 2500 nafar, ishga tushirilgandan so‘ng esa 120 nafar doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur yirik loyiha xalqaro ochiq tender savdolarini o‘tkazish orqali Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida amalga oshirilayotgan eng yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro moliya korporatsiyasining texnik ko‘magida o‘tkazilgan xalqaro ochiq tenderda 2021 yil 19 noyabr kuni EDF International S.A.S. (Fransiya), Nebras Power Investment Management B.V. (Qatar), Sojitz Corporation (Yaponiya) va Kyuden International Corporation (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi g‘olib bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 20 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida 220 MVt quvvatli yangi IES ishga tushirildi. Shuningdek, 2022 yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida 1500 MVt quvvatli zamonaviy IES ishga tushirilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi